Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston Afg'onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika
infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga katta hissa qo'shmoqda va
bundan keyin ham hissa qo'shadi.
Afg'oniston masalasi global miqyosdagi masalalar markazida bo'lishi lozim. Xalqaro
hamjamiyatning sa'y-harakatlari, birinchi navbatda, Afg'onistondagi o'tkir ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni hal qilishga qaratilishi kerak.
Bu jafokash yurtda tinchlik o'rnatishga ko'maklashish yo'lidagi bizning umumiy qat'iy
harakatlarimiz aslo susaymasligi lozim.
Hurmatli sessiya ishtirokchilari!
Dunyoda terrorizm tahdidlari ayniqsa, so'nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi
asosan kuch ishlatish yo'li bilan kurashish usuli o'zini oqlamayotganidan dalolat beradi.
Bu borada ko'p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas,
balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Xalqaro
terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik
tashkil etadi, deb hisoblayman.
Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma'rifat
asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir.
Ekstremistik faoliyat va zo'ravonlik bilan bog'liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga
yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda.
Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir,
chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda.
Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga
yetishi bilan bog'liq.
Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur
sharoitlar yaratish, zo'ravonlik g'oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir.
Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini
himoya qilish borasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb
hisoblaymiz.
Shu munosabat bilan O'zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni
6 / 8
|