"Agar faqir bo‘lsalar, Alloh ularni o‘z fazli bilan boy qilur"
29
. Ya’ni,
faqirlikni bahona qilib, nikohdan qochmasinlar. Balki, nikohga rag‘bat qilsinlar.
Alloh o‘zi bilur, kerak bo‘lsa, uni boy qilib qo‘yadi. Darhaqiqat, ko‘pchilikning
oila qurgandan keyin jiddiylashib, ro‘zg‘or uchun astoydil harakat qilib, iqtisodiy
holati yaxshilanib ketgani kuzatilgan.
Aslida, islom xo‘rlangan ayolni yuksaklarga ko‘taradi. Ayol hatto mahr
borasida ham erkindir. Mahr kelinning haqqi bo‘lib, unda biror karindoshining
zarracha haqqi yo‘q. Hatto ota-onasining ham misqolcha haqqi yo‘q. Lekin ayrim
bid’atta sho‘ng‘ib ketgan qishloqlarimizda qalin (qalin dinda yo‘q, oldi-berdisi
gunoxdir), sut puli (bu undanda yomonroq, chunki bunda onadek mo‘tabar zot
qizini boqqanini minnat qilgandek bo‘ladi) va boshqa to‘lovlar vositasida qizlarini
"sotadilar". Qiz bechoraning erki, tana haqqi bo‘lgan mahri nima bo‘ladi?!
Yurtimizda istiqloldan keyin ayol qadri va sha’ni tiklanib, u oila va jamiyatda
o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi. Jumladan, oilaning mavqei Asosiy
Qonunimizda kafolatlanib qo‘yildi: "Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda
jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega"
30
.
Muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan 2012 yil O‘zbekistonda
"Mustahkam oila yili" deb e’lon qilindi. Bizningcha, bu nihoyatda o‘rinli va ayni
muddao bo‘ldi. Zero, mutahkam oila muammosi hozirgi vaqtda dunyoning
ko‘pgina davlatlarini o‘ylantirib kelayotgan olamshumul, zamonaviy ibora bilan
29
Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil al-Buxoriy Al-Jomi' as-sahih (Ishonarli to‘plam). 4 jildli. –T.: Qomuslar
bosh tahririyati, 1995-1999. –B.181.
30
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 4-bob, 63-modda.
59
aytganda, global masalalar sirasiga kiradi. Garchi G‘arbdagi ko‘pgina davlatlar
ilm-fan va iqtisodiy jihatdan taraqqiy topgan bo‘lsalar-da, lekin o‘sha davlatlarning
jamiyati nurab, jar yoqasiga kelib qolgan. Qancha-qancha go‘daklar, kichik
yoshdagi bolalar engiltak ota-onalari qilmishlarining qurboniga aylanganlar. Bu
ham bo‘lsa, oilaviy hayotga e’tiborsizlik, faqat nafs lazzatlari ketidan quvish,
xudbinlik va din ta’limotlaridan bexabarlidan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Islom ta’limotlarida oila qurishga erkak va ayol birdek targ‘ib qilingan. Oila
qurmasdan tarkidunyochilik yo‘lini tutish qoralanib, nikoh ibodat darajasiga
ko‘tarilgan. Payg‘ambarimiz Muhammad (a.s) nikoh faqat o‘zlarining sunnati
emas, balki o‘tgan barcha payg‘ambarlarnyng ham sunnati ekanini aytganlar.
Jamiyat hayotida oila qurib yashash naqadar ahamiyatli ekaniga Payg‘ambarimiz
ham e’tibor qaratganlar: "Ey, yigitlar! Sizlardan qay biringiz oila kurishga qurbi
etsa, uylansin. Uylanish nomahramlarga ko‘z tashlashdan, buzg‘unchiliklardan
asraydi. Qurbi etmagan kishi ro‘za tutsin, toki ro‘za unga to‘sik, bo‘lsin"
(Muttafaqun alayh).
Darhaqiqat, erkak bo‘lsin yoki ayol bo‘lsin Alloh taolo inson zotini, nafsiy
rag‘bat bilan yaratgan. Ayni paytda ushbu tabiiy nafs rag‘batini halol-pok yo‘l
bilan qondirishni buyurib, nikohni joriy qilgan
31
.
Islom
ta’limotiga ko‘ra, oila Alloh taoloning roziligini topish,
Payg‘ambarimiz (a.s.) sunnatlari, chiroyli odob-axloq bilan ziynatlanish va pok
yo‘l bilan insoniyat naslini davom ettirish maqsadida quriladi. SHuning uchun
dinimiz oilani nikoh asosida qurishga alohida ahamiyat beradi va nikohni insoniy
aloqalarning eng muhimi sifatida yuksak qadrlaydi. Zero, oila katta jamiyatning
kichik bir bo‘lagi hisoblanadi. Jamiyat yomonlik va buzg‘unchilikning barcha
turlaridan xoli, tinch va obod bo‘lishi, avvalo, ushbu kichik jamiyatning tinchligi,
totuvligi va ahilligiga bog‘liq.
Payg‘ambarimizning hadislarida shunday deyiladi: "Odatda ayol kishi to‘rt
sifati uchun nikohga olinadi: dinu diyonati, molu dunyosi, naslu nasabi va jamoli
uchun. Ey, baraka topgur, sen diyonatlisini olgin!" (Buxoriy va Muslim rivoyati).
31
Ismoilov O. Oila ma'naviyat qo‘rg‘oni // Imom al-Buxoriy saboqlari. -№ 3,2012. –B.170-172.
60
Ushbu muborak hadis uylanish va oila qurish borasida odamlar orasida urf bo‘lgan
narsalar va turlicha dunyoqarashlar haqida xabar beradi. Bu masalada turli fikrdagi
kishilarning turfa yo‘nalishga ega ekanligi aytiladi. Odamlar turmush qurishda
bo‘lajak kelinning go‘zal bo‘lishi, molu davlatli bo‘lishi, nasl-nasabi toza, taglik-
taxtlik bo‘lishi va nihoyat dinu diyonatli bo‘lishini istaydilar. Lekin aksar hollarda
bo‘lajak umr yo‘ldoshining diyonati, odobu axloqiga ko‘p ham e’tabor berilmaydi.
Asosan qizning chiroyi, badavlat xonadondan ekani va nasl nasabigina qiziqtiradi.
Dinu diyonati deganda Allohdan qo‘rqishi bilan bir qatorda, barcha odamiy
xislatlar, odob-axloq, madaniyat va ma’rifatdan xabardorlik tushuniladi. Hozirgi
vaqtda aynan mana shu jihat ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Zero, ayolning
qalbi go‘zal bo‘lsa, tashqi go‘zalligi va nasl-nasabining sharafi uzukka ko‘z
qo‘ygandek bo‘ladi. Ammo qalb go‘zal bo‘lmasa, tashqi go‘zallikdan ne naf?!
Xuddi shunga o‘xshab, bu borada kuyovlarga ham e’tibor berish lozim. Qiz
uzatishdan avval sovchi bo‘lib kelgan kuyovning odob-axloqi, salohiyati va
sog‘ligiga e’tibor berilmog‘i lozim. Hadisi sharifda "Qachonki, huzuringizga
(qizingizni so‘rab) dinu diyonati va xulqi sizlarga ma’qul bo‘lgan va sizlarni
qoniqtiradigan bir yigit kelsa, qizingizni unga beringlar. Agar unday qilmasangiz,
Er yuzida fitna va katta fasod paydo bo‘ladi", deyilgan (Termiziy rivoyati).
Ushbu hadisi sharifda "boyligi, tagi-taxti qoniqtiradigan" deyilmayapti, balki,
"diyonati va xulqi sizlarni rozi qiladigan bir yigit kelsa", deyilmoqda. Lekin
afsuski, ko‘pincha qizimizga sovchi bo‘lib kelgan tomonga badavlat emasligi
sababli rad javobi berib yuboriladi. Natijada, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)
ogoxdantirganlaridek, Er yuzida buzilish va fitna-fasod paydo bo‘ladi. Zino va
fahsh ishlar avj oladi. Odamlar qizlarini o‘zlari sezmagan holda mol-dunyoli,
ammo axloqsiz, maishatparastlik, kashandalik, araqxo‘rlik va giyohvandlik kabi
zararli illatlar girdobida qolgan kishilarga turmushga berib yuboradilar. Natijada,
qancha-qancha ko‘ngilsizliklar kelib chiqadi, oilalar buziladi. Shu tariqa, ota-
onalar o‘z qo‘llari bilan farzandlarini saodat qasriga emas, balki baxtsizlik
zindoniga bandi qilib qo‘yadilar.
61
Shuningdek, turmush qurish masalasida dinu diyonati va insofliligi bilan
tanilgan odamlardan maslahat so‘rash ham maqsadga muvofikdir.
Hozirgi vaqtda jamiyatimizda uchrayotgan ko‘pgina oilaviy nizo va urush-
janjallar oqibatini o‘ylamasdan ish tutish va biryoqlama qarash natijasida kelib
chiqayotganini aslo unutmaslik kerak. Bizga mustahkam va ma’naviyati yuksak
oila qo‘rg‘oni kerak. Uni vujudga keltirish uchun, birinchi navbatda, bu borada
dastlab poydevorni mustahkam qilib yaratishga e’tiborni qaratish lozim. Undan
keyin ham erkak ham xotin baravariga oila yukini torta bilish lozim. To‘g‘ri
hadislarda oilaning ta’minoti erkak bo‘ynida deyiladi.
Bu xususda Qur’oni karimda shunday oyat mavjud: "Erkaklar xotinlar ustidan
(oila boshlig‘i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab - Alloh ularning
ayrimlari (erkaklar)ni ayrimlari (ayollar)dan (ba’zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va
(erkaklar o‘z oilasiga) o‘z mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir ("Niso", 34).
Darhaqiqat, erkaklar aqlan teran, jismonan baquvvat va oilasini nafaqa bilan
ta’minlagani uchun oilaga rahbar bo‘ldilar. Islomda bu rahbarlikka ba’zilar
o‘ylagandek, "deganim-degan" yo‘sinida zulm o‘tkazuvchi hokimi mutlaq bo‘lish
emas, balki oila ta’minotini o‘z gardaniga olishga va buning uddasidan chiqishga
qodir katta mas’uliyat sohibi bo‘lish deb qaraladi.
Darhaqiqat, oilaning har tomonlama barkamol, saodatli va tinch-totuv
bo‘lishiga er mas’uldir
32
. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat
qilganlar: “O‘z qo‘l ostingizdagi ayolingiz xususida mas’uldirsiz". "Yigit omon
bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q", degan nazmiy satrlar zamirida ham aslida shu g‘oya
yotadi. Lekin, afsuski, ba’zi yigitlarning dastidan, oilada, mahallada tinchlik yo‘q.
Bunday yigitlar oiladagi o‘zlarining vazifalarini ham yaxshi bilmaydilar. Aytish
joizki, har birimizning oldimizda ko‘ndalang turgan eng muqim vazifalardan biri
— xotinning haqlarini to‘la-to‘kis ado etishdir. Bu — o‘z jufti halolini doimo etarli
rizq-ro‘z bilan ta’minlash demak. Bu, bir tomondan, erning kundalik vazifasi
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, koni savob ishdir. Shu hadisi sharifda "..Xotiningga
Dostları ilə paylaş: |