Xadislarning insonni ma'naviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi o‘rni


Xulosa  Hozirgi  kunda  madaniyatimiz  rivojlanishida  islom  dinining  o‘rni  katta  ahamiyatga  ega



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/27
tarix10.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#57422
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
nadislarning insonni manaviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi orni

Xulosa 

Hozirgi  kunda  madaniyatimiz  rivojlanishida  islom  dinining  o‘rni  katta 

ahamiyatga  ega.  Markaziy  Osiyo  xududiga  keng  tarqala  boshlagan  islom  dini, 

uning  ta’limotlari  asosida  dunyoga  kelgan  ma’naviy  madaniyat  hozirgi  kunga 

qadar ardoqli bo‘lib qolmoqda.  

Mamlakatimizda  islom  dini  ijtimoiy-siyosiy  hayotning  barcha  sohalarida 

faollik  bilan  aralashuviga  olib  keldi.  Qur’onda,  hadislarda  bayon  etilgan  qator 

axloqiy  qoidalar  hayot  zaruriyatidan  kelib  chiqib  iste’molga  kirgan,  inson  va 

jamiyat  uchun,  ularning  birini-biriga  mustahkam  bog‘lab  turuvchi  tamoyillardir. 

Masalan,  hadislardagi  «Sizlarga  yaxshilaringiz  bilan  yomonlaringizdan  xabar 

bersam,  sizlarni  yaxshilaringiz-yaxshilikka  umid  qiladigan  va  yomonlikdan  esa 

o‘zini  tiyadiganlaringizdir»,

37

-degan  rivoyat  bizni  shu  ma’naviy  manbadagi 



qadriyatlar,  diniy  arboblar  uqtirganlaridek,  faqat  Muhammad  payg‘ambar  hayoti, 

faoliyati  haqidagi  rivoyatlar  bo‘libgina  qolmay,  shu  bilan  birga  ijtimoiy  amaliyot 

zaruriyati  tufayli  yuzaga  kelgan  achchiq  hayot  saboqlaridir.  Mazkur  saboqlarni 

puxta egallagan kishi axloq odobda etuk va barkamol bo‘ladi. 

Diniy  aqidalarning  musulmon  olami  sajda  qiladigan  ko‘rinishlari  o‘zining 

amaliyotiga o‘ta yaqinligi va mahalliy aholining turmush tarzi me’yorlarini chuqur 

hisobga  olganligi  bilan  ham  qimmatlidir.  Chunonchi,  xalqning,  millat  va  elatning 

etnografik  xususiyatlari,  urf-odatlari,  qolaversa,  jug‘rofiy  yashash  muhitining 

o‘ziga xosligi hisobga olinsa samarali bo‘ladi. 

Keyingi  paytlarda  biz  har  tomonga  og‘ishlaridan  xalos  bo‘lib,  hayotning 

cheksiz  ziddiyatlarini  xuddi  uning  o‘zidan  anglab  etishga  kirishdik.  Jumladan, 

diniy  qadriyatlarga  ham  keng  yo‘l  ochib  berildi.  Ochig‘ini  aytganda,  islom 

og‘ushida  dunyoga  kelgan  qadriyatlar  sinonimiga  aylanib  qoldi.  Islomga, 

Qur’onga,  hadislarga  bo‘layotgan  qiziqish  ortmoqda.  Xalq  o‘zining  o‘tmishini 

chuqur  o‘rganish  saboqlarini  islom  qadriyatlari  doirasidan  qidirmoqchi  bo‘lib, 

                                                 

37

 Axloq-odobga oid hadis namunalari. -T.: 1990. -B. 60.  




 

68 


ma’naviy  merosni,  eski  o‘zbek  badiiy  va  ilmiy  adabiyotni  kengroq  o‘rganishga 

kirishdi. 

Islom  doirasida  vujudga  kelgan  urf-odatlarga  e’tiqod,  bu  din  qadriyatlariga 

ehtiromlarda  o‘z  ifodasini  topmoqda.  Masalan,  keng  jamoatchilik  O‘zbekistonda 

Ka’ba Madina shahridagi Muhammad qabrini tavof qilishga, ko‘plab haj safariga 

borganlar  faoliyatini  sergaklik  va  hurmat  bilan  kuzatdi.  Yaqin  70  yillik  tariximiz 

jarayonida  mustaqillik  tufayli  birinchi  bor  ko‘rsatilgan  bunday  iltifot  va 

muruvvatdan mamlakatimizdagi barcha musulmonlar juda mamnun bo‘lmoqdalar. 

Mazkur  mustaqillik  sharoitida  hurfikrlik  negizida  yuzaga  kelgan  marosimlar 

bilan  birga  diniy  qadriyatlar,  urf-odatlar  inson  qalbini  munavvar  etishdek  ulug‘ 

xizmat qilmog‘i lozim. 

SHunday  marosimlar  umuminsoniy  fazilatlar  xazinasiga  o‘zbek  xalqining 

islom  aqidalari  doirasida  shakllangan  qadriyatlari  bo‘lib  qo‘shiladi,  binobarin, 

bashariyat ma’naviy taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissa bo‘lib qoladi. 

Xulosa shundan iboratki, ko‘pgina islom  qadriyatlari dunyoviy asoslarga ega 

bo‘lib, ularga rioya qilish boshqa diniy qadriyatlarda bo‘lgani kabi kishilarni sabot-

matonatiga,  o‘tmish  axloq-odob  tamoyillariga  sadoqatga,  hayot  qiyinchiliklarini 

mardona,  chidam  bilan  engib  o‘tishga  o‘rgatadi.  Mazkur  qadriyatlar  asriy 

an’analarimiz  va  madaniyatimizga,  yashash  tarzi  mushkulotlarimiz  va  goho 

tushkunlikka  uchragan  ruhiyatimizga  bog‘liq  bo‘lgani  uchun  ham  hayotimizga 

yaqin va bizga tushunarlidir. 

Hozir ham bir qator islom qadriyatlari o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. 

Ma’naviy  va  moddiy  hayotning  turli  sohalarida  islom  nuri  ila  yo‘g‘rilgan 

qadriyatlar  izchillik  bilan  saqlanib,  davom  etib  kelmoqda.  To‘ylaru  ma’rakalarda, 

turli  taomillarda,  turmushning  turli  onlarida  xayrli  an’analar  ko‘pincha  Qur’on 

suralari, oyatlari, hadis namunalari orqali odamlar qalbidan o‘rin olmoqda. Bunday 

ehtirom  o‘tmish  avlodlari  urf-odatlariga  sadoqat  ramzi  sifatida  qabul  qilinmoqda 

va ardoqlanmoqda. Oddiy xalq-ziyoli ham, ishchi ham, dehqon ham faqat tinchilik 

va hayot farovonligini orzu qiladi. Buni amalga oshirishda esa asriy ezgu aqidalar, 



 

69 


qadriyatlar  timsoli  bo‘lgan  islom  an’analari  ham  ma’naviy  va  amaliy  yordam 

beradi. 


Xulosa  shuki,  hadisi  shariflarda  aytilgan  ibratomuz  fikrlar  asrlar  osha 

musulmonlarni  yaxshi  xulq,  odat,  insof  va  vijdoniylikka  chorlagan.  Kishilar 

o‘rtasidagi iliq munosabatlarning shakllanishiga xizmat qiladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin