undan juftini (Havoni) vujudga keltirgan hamda u ikkovidai ko‘p erkak va
ayollarni tarqatgan Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! YAna oralaringizdagi savol-
javoblarda o‘rtaga solinadigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘ingiz
(bilan ajralib ketishdan sakdaningiz)! Albatta, Alloh ustingazdan kuzatib
turguvchidir" (Niso, 1).
"Ey insonlar!", deya barcha insoniyatga xitob o‘laroq boshlangan bu oyati
karimada bir nechta ulkan haqiqatlar o‘z aksini topgan. Avvalo, bu oyati karima
odamlarga ularning inson ekanliklarini eslatadi. Inson o‘zining inson ekanini eslab
turishi juda ham foydalidir. SHuningdek, bu oyatda insonlarni yaratgan Xoliq
insonlarning asli ham bir jon bo‘lgani vasf etilyapti: "Sizlarni bir jondan
yaratgan".
Demak, hozirda dunyoda turli-tuman bo‘lib yashayottan, bir-birlari bilan
irqiy, milliy, diniy urushlar qilayotgan, "men yaxshi, sen yomon", deb
janjallashayotgan kishilarning tana rangiga, qabilasiga, millati yoki irqiga
ajratayotgan odamlarning asli birdir. Ularni bir Alloh bir jondan yaratgan. Mazkur
oyati karimadagi ulkan haqiqatlardan biri, "... va undan uning juftini yaratib"
jumlasida o‘z aksini topgan. Ya’ni u jondan uning jufti — xotinini yaratgan
ma’nosi kelib chiqadi. Bu esa, o‘z navbatida, ayol kishi haqidagi barcha noto‘g‘ri
fikr va tushunchalarni chippakka chiqarib, huquqda va dunyo hayotidan
baxramandlikda u ham erkaklar bilan teng turishini, u ham bir jondan yaralganini
anglatadi. E’tibor qiling, "va ikkovlaridan..." ya’ni, o‘sha "bir jon" bo‘lmish Odam
va uning jufti Havodan "ko‘plab erkagu ayollarni tarqatish" muhim bir haqiqatdir.
57
Chunki, Alloh taolo agar xohlasa, birdaniga xilma-xil, son-sanoqsiz erkagu
ayollarni yaratishga ham qodir edi. Ammo, U bunday qilishni xohlamadi. Er
yuzidagi turfa insonlarning turfa aloqalari, oila rishtalari ila o‘zaro bog‘liq
bo‘lishlarini iroda qildi. Islomda oilani mustahkamlashga katta e’tibor berilishining
siri ham shunda.
Shuningdek, hamma insonlarning nikohli bo‘lishi halollik belgisidir. Alloh
taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: "O‘z oralaringizdan tul (erkak va
ayollar)ni hamda qul va cho‘rilaringizdan yaroqlilarini uylantiringlar. Agar (ular)
kambag‘al bo‘lsalar, Alloh ularni O‘z fazli bilan boyitur. Alloh (fazlu karami)
keng va bilguvchi Zotdir" («Nur», 32) Mazkur oyati karimada Alloh taolo
musulmonlar jamoasiga xitob qilib: "O‘z oralaringizdan tul (erkak va ayollar)ni
hamda qul va cho‘rilaringizdan yaroqlilarini uylantiringlar", deb buyurmoqda.
Binobarin, musulmonlar jamiyati a’zolari o‘z oralarida nikohsiz kishilarni
qoldirmaslikka harakat qilmog‘i lozim. Shuning uchun ham musulmonlar orasida
balog‘atga etgan yoshlarni vaqtida uylantirish, biron-bir sabab bilan oilasiz qolgan
eru xotinlarni nikohli bo‘lishga undash savob amallar sirasiga kiradi. Mazkur ishlar
ushbu oyati karimaga hamda Payg‘ambarimiz (s.a.v)ning "Nikoh, mening
sunnatimdir, kim mening sunnatimga rag‘bat qilmasa, mendan emas", degan
hadislariga amal qilish maqsadida bajariladi. Nikoh orqali eru xotinning
bog‘lanishi jinsiy maylni qondirishning eng tabiiy va halol yo‘lidir. Shuning uchun
islomda halol nikoh orqali oila qurib yashashga qattiq targ‘ib qilinadi. Oila qurish
yo‘lidagi to‘siklar olinadi va kerakli omillar yuzaga keltiriladi.
Islom dinining jinsiy munosabatlar xususida g‘oyatda ma’qul, nihoyatda
maqbul tavsiyalari bor. Birinchidan, nikoh sunnat va savobdir; nikohlangan
kishining savobi ortadi. Uylangan kishi uyiga bir hissa yegulik va ichgulik olib
kelsa, etti yuz hissa savob beriladi. Ro‘zg‘or tebratish uchun qilingan sarf-
xarajatlar jihod qilish bilan barobar hisoblanadi (ya’ni, «jihod» deganda faqat
urush nazarda tutilmaydi, savob faqat urush tufayli hosil bo‘lmaydi, bunga
ahamiyat bermoq joiz). Hatto nikoxdagi er-xotinning jinsiy aloqasida ham savob
bor. Rasululloh (s.a.v.) shu hakda gapirganlarida sahobalar: «Yo Rasulalloh, biz
58
nafsimizning, shahvatimizning orzusini qondiramiz, bundan ham savob ham
topamizmi?» deb so‘rashganlarida javob berdilarkim: «Albatta! Shunday
qilmasangiz, gunoh yo‘li bilan qondirishingiz mumkin... Shuning uchun ham
savobdir».
Ba’zi odamlar turli bahonalar qilib, turmush qurish va oilali bo‘lishni orqaga
suradilar. Ushbu bahonalarning eng kattasi kambag‘allik va qo‘li kaltalikdir.
SHuning uchun ham oyatning davomida bunga o‘xshash bahonalar bilan nikohni
orqaga surishning yaxshi emasligi ta’kidlanmokda:
Dostları ilə paylaş: |