Xadislarning insonni ma'naviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi o‘rni



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/27
tarix10.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#57422
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
nadislarning insonni manaviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi orni

o‘xshaydi,  garchi  u  atridan  bermasa  ham,  xushbo‘y  hidi  sengacha  etib  turadi” 


 

52 


degan  hadislarida  yaxshi  suhbatdosh  haqida  so‘z  boradi.  Kimni  suygan  bo‘lsak, 

so‘zi  uchun  shaydo  bo‘lganmiz.  Kim  deb  kuygan  bo‘lsak,  so‘zlarining  xumorida 

ado  bo‘lganmiz!  So‘z  —  mo‘jizalar  shohidir!  U  egilmaganni  egdirib,  erimaganni 

eritadi. So‘z bilan yomon yaxshiga, nomard mardga aylanadi. Hatto u bilan insonni 

o‘limdan  olib  qolshi  mumkin!  Dunyoda  suhbatdoshiga  so‘zni  tanlab,  terib  ayta 

bilgan  odam  eng  baxtli  odam!  Va  u  boshqalarni  ham  baxtiyor  etuvchidir!  Qalam 

axli  uchun  esa  qalam  izlari  jon  ipidir,  u  so‘z  suratini  chizolmay  qolsa,  shoirning 

joni  uziladi!  Yaxshi  suhbat  —  malhami  tan,  yaxshi  suhbat  —  oromi  jondir.  Bir 

so‘zlashuv,  fikrlashuv  dardida  kishilar  olis  shaharlardan  bir-birlarini  izlab 

keladilar. Bir dilkash odam duch kelsa, uni tinglab tong ottiradilar, baribir to‘ymay 

qoladilar!  Kishilarning  ko‘ziga  muhabbat  bilan  boqib,  ixlos  bilan  aytilgan  so‘z 

ting-lovchining dilida inqilob yasay oladi. So‘zni chiroyli ayting, birodar! Gohida 

«men  so‘zga  usta  emasman,  zeru  zabar  qo‘yib  aytolmayman»  degan  gaplarni 

eshitamiz, Aslo unday demang! Gapira oladiganki odamning ichida ming bir qavat 

so‘zi bor. Har bir inson — so‘z sandig‘i. Faqat ro‘parangizdagi odamga qaysi so‘z 

mos kelishini hushyorlik bilan tanlasangiz bo‘ldi! Aslida, so‘zni dilingiz tanlaydi, 

shuning  uchun  avval  dilingizni  to‘g‘rilang.  Ro‘parangizdagi  odamni  aslo  yomon 

ko‘rmang.  Garchi  u  yomon  odam  bo‘lsada,  yaxshi  so‘z  bilan  yumshatishni  niyat 

qilib  turing.  Bu  bilan  avval  o‘zingiz  yutasiz,  birinchidan,  yumshagan  odam  sizni 

«otib» qo‘ymaydi. Ikkinchidan, dil og‘ritishday og‘ir gunohdan forig‘ bo‘lasiz. 

So‘z  aytishni  biling,  birodar.  «O‘tkan  kunlar»  kitobidagi  Kumush  bilan 

Otabekning  bir  suhbati  hali-hanuz  yumshog‘u  qattiq  yuraklarni  birday  zil-zilaga 

solib  keladi:  Otabekning  Toshkentdan  uylanishi  kerakligi  qudalarga  ochdi-ochdi 

bo‘ldi. Shu soniyalarda narigi xonada bu to‘xtam Kumushbibiga uqdirilmoqda

26



Narigi  xonada  esa  Otabek  bu  gapni  Kumush  qanday  qabul  qilishini  tasavvur 



qilolmay,  tizzalariga  cho‘kkanicha,  qo‘lidagi  Fuzuliy  devonini  ham  unutib,  muz 

qotib  o‘tiribdi.  Uning  nazarida  dunyo  hozir  charxpalakday  aylanib  ketadi,  mana 

hozir  uning  ichida  bir  narsa  portlaydi,  bir  narsa  chil-chil  sinadi!  Shunday  alfozda 

o‘tirganida  eshik  horg‘in  ochildi,  musavvirlar  mehr  qo‘yib  chizgan  suratday 

                                                 

26

 Sodiqova T. Ayolga qasida. –T.: O‘zbekiston, 2013. –B. 44. 




 

53 


Kumush  ko‘rindi.  U  asta  kelib,  etaklarini  mayin  shildiratgancha  Otabekning 

qarshisiga  havoday  qo‘ndi.  Otabek  uni  oxirgi  marta  ko‘rayotganday,  yuzlariga 

ko‘zi  bilan  emas,  joni  bilan  termuldi.  Mahbubasining  yuzi-yu  qaboqlari  yig‘idan 

ko‘pchib ketgan edi. 

—Kim yig‘latdi sizni? 

—Yig‘labmanmi? 

—Ko‘zingiz, kiprakingiz... 

—O‘zi shunaqa...

27

 

Javobni  qarang!  «O‘zi  shunaqa»  emish!  Yurakni  sidirib  soladigan  javob  bu! 



Otabekning  dunyosini  ostin-ustun  qiladigan  javob  bu!  Shu  ikkitagina  so‘zga 

osmonga etgulik dodu faryodlar cho‘kib turibdi! «Bundan keyin shundoq qiyofada 

yashash  menga  qismat  endi»  degani  bu.  «Siz  tufayli  diydasi  giryonlar  safiga 

qo‘shildim»  degani  bu.  «Yuzimning  oftobi  so‘ndi,  bundan  buyon  meni  ko‘z 

yoshlarim dengizidan topaverasiz endi» degani bu! 


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin