Odamlarning o‘zidan ko‘ra Alloh ularni ko‘proq avaylaydi. U doim bizning
ko‘nglimizga solib turadi va o‘zimiz bilmagan holda ko‘plab savob ishlarni ado
etib yuramiz: birovni ranjitmaslik uchun gapni tanlab aytamiz; kimsaning ko‘ziga
botmaslik uchun, u yoq-bu yog‘imizga qarab ko‘chaga chiqamiz; odamlarning
savdogarlarning ham o‘rni katta. Hunarmandi bilan savdogarining imoni bor yurt
barqaror bo‘ladi degan gap bor. Qo‘ldan ketguncha emas, odamlarni rozi qilish
Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil al-Buxoriy Al-Jomi' as-sahih (Ishonarli to‘plam). 4 jildli. –T.: Qomuslar
45
uchun ixlos bilan buyum yasagan hunarmandning habibi ham, tabibi ham Allohdir.
Baraka-yu baxt shuning uyida! Savdogarlar esa manzillarga mol emas, ma’rifat va
madaniyat tashiydilar. Nazari to‘q kishigina bu kasbga qo‘l ursa yaxshi.
Haqiqiy savdogarlar avvalo didli — xalqining ma’naviy yuksalishini,
salomatligini o‘ylab mol tanlaydigan, qasami insof va doimo ehsonli bo‘lganlar.
Tariximizdan ma’lumki, yurt uchun ko‘plab foydasi tekkanlar shu toifa
vakillaridir. Shu o‘rinda Tursunoy Sodiqovaning bir suhbatida aytib bergan
voqealarini keltirib o‘tishni joyiz topdik.
“Andijonda butun umrini odamlar uchun go‘zallik yaratishga sarflab bir ulug‘
inson — Solijon aka Mehmonov yashab o‘tdi. U Xonobodda yigirma yil
ijroqo‘mga rais bo‘ldi va xalqni yalpi ko‘tarib, toshloq, to‘qayzor bo‘lgan bir joyni
bog‘ shaharga aylantirib ketdi. Uning shunday o‘gitlari bor edi: «Jamiyat
taraqqiyoti bir jihatdan shaxsning kayfiyatiga bog‘liq, o‘sha nuqtani mahkam
ushlash kerak. Bir kuni gazetada o‘qib qoldim. Amerikada tanazzulga ketayotgan
korxonada tajriba o‘kazibdilar. Ya’ni zavodning bir bo‘limini yaxshilab
ta’mirlagan ekanlar, ish unumdorligi qirq foizga ko‘payibdi. Ammo
taajjublanarligi shuki, hali xarobligicha turgan ikkinchi bo‘limda unumdorlik
yigirma foiz ortibdi. Ulardan: «Nega shu kungacha orqada kelib, endi bunday
natijaga erishdinglar», deb so‘rasalar, «Yaqinda bizning bo‘lim ham ta’mirlanar
ekanda», der emishlar. SHu menga saboq bo‘ldi. Bu paytlar men teri oshlash
zavodida ishchi edim, vaqt o‘tib, shu korxonaga direktor etib sayladilar. SHu
kungacha zavod rejasini hech bajara olmas, kishilarning po‘stagini qoqadigan
majlislar ora kunda bo‘laverar edi. Men boshqacha yo‘l tutdim. Ishni zavod
hovlisidagi uyum-uyum axlatlarni tozalatishdan boshladim. Tahoratxonalarni, qo‘l
yuvadigan joylarni tartibga keltirdim. Emakxonalarni rostladim. Ishchilar
yuradigan yo‘lkalarni asfaltlatib, chetlarini oqlab, keta-ketguncha gul o‘tqazdim.
Sahnga daraxtlar ektirib, ko‘kalamzorni ko‘paytirdim. Ish haqida, reja haqida og‘iz
ochmadim. Mo‘‘jiza yuz berdi: odamlarning chehralari yorisha boshladi. Hech
qanaqa siquvsiz, baqir-chaqirsiz ishlarimiz rivojlana ketdi», — deb hikoya
qilgandi... Eh, birodar, ilohim, bu dunyoda bor ekanligimizni his etib turaylik!
46
YArab turgan paytda oyoqlarni gursillatib bosmoq, qo‘llarni chappar urib ishlatib
qolmaq kerak. Xudo bergan, g‘ayrat degan imkondan go‘zal mehnatlar yasab,
atrofga rohatlar ulashib, sen tufayli yayraganlarni ko‘rib, o‘zingning ham
ko‘ngillaringni gulga to‘ldirib yashamoq kerak!
23
Ko‘ryapmizki, hadislarda
insonni faqat yaxshilikka undash etakchilik qiladi. Shu o‘rinda
“Islomda birovga
Dostları ilə paylaş: