zarar berish ham, zararlanish ham yo‘q”, degan hadisni ham tahlil qilib ko‘raylik.
Janobi Rasululloh (s.a.v.)ga sahobalaridan biri kelib aytibdi-ki, bir mo‘min bor
ekan: yil-o‘n ikki oy ro‘za tutarkan, kechalari esa tinmay ibodat qilar ekan.
Rasululloh (s.a.v.) o‘sha odamni suhbatga chaqiribdilar va debdilar: «Sen shunday
amallar qilar ekansan, ammo aytib qo‘yay, ro‘za tutg‘il, lekin vaqtida ovqatlang‘il.
Ibodat qilg‘il, lekin vaqtida uxlag‘il, chunki senda o‘zingning, ko‘zingning, axdi
ayolingning haqi bordir!» Bundan ayon bo‘ladiki, o‘zing, ko‘zing va axli ayoling
Allohning sendagi omonati, ularni asrab bersang, zararlamasang, Yaratganga
bo‘lgan sadoqating shu ekan. Jonimni fido qilib bo‘lsada, Allohga e’tiqodimni
ko‘rsataman deb bo‘lmas! Gap sening bitta joning haqida emas, shu bir joningga
ulangan talay jonlar xususidadir. SHuning uchun ham, o‘zingga berahm bo‘lsang,
senga Allohning jazosi bordir: yo bemorlik beradi, yo yaroqsizlik, yo eng yomon
ko‘ngilsizlik ro‘y beradi! Buning oqibatida qancha odam talafot ko‘rishi — senga
suyanib, tikkalanib turgan bolalaring sensiz dovdirab qolishi, jufting nochoru
sarson bo‘lishi, ota-onangni rozi qilolmay, qiyomat qarzing elkangda ketishi
mumkin axir! ...
Inson — sharif! Bir o‘zi birvarakay bir necha taqdirga suv va nur uzatib
turgani uchun ham uning unvoni shunday! «O‘zingda o‘zingning haqing bor»
degani, atrofga balogardon bo‘lishga yarash uchun, o‘zingdagi o‘zingni asray bil,
demakdir! Islomda birovga zarar berish ham, zararlanish ham yo‘q deyilishining
bir ma’nosi shu.
Bizning din eng insonparvar dindir. Asmo binti Abu Bakr rivoyat qiladilar:
«Men Rasululloh (s.a.v.)ga: «Onam meni sog‘inib kelibdilar, muruvvat
ko‘rsataymi, nima deysiz?» — dedim (Onam hanuz islomga kirmagan edilar).
23
Sodiqova T. Ayolga qasida. –T.: O‘zbekiston, 2013. –B. 24.
47
Janob Rasululloh: «Ha, onangga muruvvat qil!» — deb javob qildilar». Garchi u
ayol mushrik bo‘lsada, unga ziyon ravo ko‘rilmayotir. CHunki u onai muhtarama!
Islomda «eng og‘ir gunoh ota-onaga oqlik (itoatsizlik, hurmatsizlik) qilishdir»
deyiladi. «Siz mening xohishlarimga qarshi chiqyapsiz, sizday onadan kechdim»
degan farzand mo‘min sanalmagay! Nomunosib otasidan yuz o‘girib ketgan va yo
unga qo‘l ko‘targan o‘g‘il ham nomusulmondir.
Urva roziyallohu anhu Oysha onamizdan naql qiladilar: «Bir kishi Rasululloh
(s.a.v.)ning huzurlariga kirmoq uchun ruxsat so‘radi. Janobi Rasululloh uni
ko‘rgach: «Bu odam — qabilaning yomon birodari, bu odam — qabilaning yomon
farzandi!» — dedilar. So‘ng, boyagi kishi kelib o‘tirgach, janob Rasululloh unga
ochiq chehra bilan yuzlandilar. U chiqib ketgach, Oysha onamiz: «Yo Rasululloh,
uni ko‘rishingiz bilan qo‘pol gaplarni aytdingiz, keyin esa ochiq chehra bilan
yuzlandingiz?!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Yo Oysha, qachon mening badxulq
bo‘lganimni ko‘rgansan?! Qiyomat kuni Alloh nazdida eng yomon banda odamlar
yomonligidan hazar qilib qochadigan kishidir», — dedilar». Ko‘rib turibsizki,
yomon sanagan kishimizga ham ochiq chehra bilan munosabatda bo‘lish
uqdirilmoqda.
«Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz, birlashtiringiz, bezdirmangiz» deyiladi
Qur’oni karimda. Inson bolasiga buyuk muhabbat izhor qiluvchi murojaatlar bu!
Ibodatda, murosada, yashash tarzida, birovni sevishda-yu birovdan nenidir talab
qilishda, bola tarbiyasida, ilm o‘rganishda hamma, hamma narsada aslo
murakkablashib ketmaylik, chunki u jonni qiynaydi! Jon esa Allohniki, qiynashga
haqqimiz yo‘q! Qur’on so‘zlari biz uchun muqaddasdir. Yurakka yozib saqlamoq,
amadda ixlos bilan qo‘llamoq kerak.
Keling, “Odamlar bilan murosa qilish ham sadaqa” degan payg‘ambarimiz
hadislarini o‘rganib ko‘ramiz. «Sadaqa baloni qaytarur» degan naqlni
bolaligimizdan beri bilamiz. Sadaqa qo‘rg‘on bo‘larkan, sadaqa xaloskor ekan.
Lekin nima sadaqa bo‘la oladi? U faqat nochorga yoki devonaga beriladigan
hadyami? Yana shunday hadis bor: «Odamlarga nisbatan yomonligingni to‘xtat,
shu o‘zingga sadaqa hisoblanadi». E’tibor qildingizmi, bexavotir yashash uchun
48
shu shartni bajarish shart, ya’ni odamlarga tinmay muruvvat qilish kerak ekan! Gar
bu qo‘lingizdan kelmasa, hech yo‘q birov sizdan zarar ko‘rmasin, ya’ni birovning
aybini qidirmang, dilini og‘ritmang, kishining obro‘si, Alloh bergan imkonlariga
hasad qilmang. «Haq nazar qilgan kishini bandasi xor aylamas» degan ekan
mashoyixlar, birovlarni obro‘sizlantirishga aslo urinmang, al-qissa, o‘zingizdan
obro‘ ketadi, demakki, unga tilagan yomonligingiz o‘zingiz tomon yurib qoladi!
Bu Alloh sizdan yuz o‘girdi degan gap.
Nuqsondan qutulolmagan insonchilikning ishi ko‘pincha «olarda kirar jonim,
berarda chiqar jonim»dir! Odamlardan e’tibor kutaveramiz, ammo o‘zimizdan ham
e’tibor kutayotganlarini hadeganda unutib qo‘yamiz. Odamning mardi
ko‘ngilparvar bo‘ladi, birodar, birov sizni betama, xolis xursand qilsa, darhol
undan qarz bo‘lganingizni dilingizga tugib qo‘ying! Sizga shu niyatning o‘zigayoq
savob yozilajakdir. Agar o‘zingiz birovga himmat qilguday bo‘lsangiz, ya’ni
sadaqa qilsangiz, bilingki, sizga kelgan balolarni Alloh qaytarib turibdi! U bir-
biriga mehribon bo‘lganlarga mehribondir
24
.
Savol tug’iladi hadisi sharifda murosani sadaqa deb baholanmoqda. Xo‘sh,
murosa nima o‘zi?
Insonlarga intilib, ularga qalban ehtiyoj sezib yashaydigan odam yaxshi
odamdir. Va u hamisha hammaga mos til qidiradi, ya’ni murosa ishtiyoqida turadi.
Murosa muomalada ro‘parangdagi odamga o‘zingni ko‘niktirish, uni ayash va
tildan o‘t chiqarmaslikdir. Deylik, hamrohing tajang, tezda xafa bo‘ladigan odam
(Balki qismatida ko‘rgiligi ko‘p bo‘lib, sirkasi suv ko‘tarmaydigan bo‘lib qolgan,
balki yomon tarbiyachida ulg‘aygan yo aqldan qisilgan bandadir!). U o‘zini
hammaga malol keladigan darajada tajang tutyaptimi, uni bu ko‘yga Xudo solgan!
Ammo Xudo urganni Xudoberdi ham qo‘shilib urishiga izn yo‘q, Allohning ishlari
faqat O‘ziga ayon, bandasi aralasholmaydi. Demak, qanday bo‘lsada, bu odamni
eritish kerak. Unga uning yaxshi ishlaridan xabardor ekanligingiz haqida lutf qilib
ko‘ring, qo‘lingizdan kelsa, bir-ikki ishlarida ko‘makdosh bo‘ling. Alohida e’tibor
bilan hol so‘rashib qo‘ysangiz ham, onasi tirilib kelganday yayraydi. Sizni ko‘rsa,
24
Sodiqova T. Ayolga qasida. –T.: O‘zbekiston, 2013. –B. 127.
49
yuzidan bulut tarqaydigan bo‘lib qoladi, qarabsizki, oradan beton devor olindi,
buning oti — murosa!
Bemorlik nochorlikdir, injiq bo‘lish darajasiga kelgan bemor, ruhan
tushkunlikka tushgan kishidir. Hamma go‘zallik, xandon otib kulishlar, gursillab
yurishlar va ko‘tarinki kayfiyatlardan o‘zini benasib sezgan kishining ko‘ngliga qil
sig‘may qoladi. Uning zardalari va injiqliklarining sababi shu. Agar bemorning
ko‘ngli tusayotgan ish oson bo‘lsa, darhol ijro qilsangiz, qancha yaxshi,
imkoningiz tanglik qilsa, ma’lum fursatdan keyin ado etishingizni samimiy va’da
qiling, pgutina bilan ham u andak sog‘ayadi. Bemor bilan murosa — bu ichingiz
adoi tamom bo‘lsa ham, kulib turish va unga ko‘tarinki ruh beradigan so‘z topa
olishdir. Bugungi unga mehribonligingiz, ertaga boshqa yoqdan ortig‘i bilan
o‘zingizga qaytadi. Kasal yotganni malol olgan yo dilini og‘ritgan kishi kun kelib,
boshi yostiqqa etganda xor bo‘lmog‘i tayindir!
Xudo sizga tili tezni ro‘baro‘ qiladi. Tili tezlik — qaysidir azobdan tug‘ilgan
hosila, zahar odam — kimningdir kasofatidan majruhlangan jon. Bu kasallikdir,
bunday odamga rahm darkor. Tili tez kishi birovlarni chaqib, o‘zi maza qiladi deb
o‘ylamang. U zaharni avval jonida etiltirib, so‘ngra sizga sochadi, demak, siz bilan
baravar o‘zi ham zaharlanadi! Uning bu tortgan azobiga siz sabab bo‘ldingiz, ya’ni
uning o‘q otadigan nuqtasiga atoyi tegindingiz, buning evaziga Yaratgan Egam
uning so‘zi bilan sizni ham yarador qildi. Bundaylarga kunday ochiq yuz bilan
muomala qilingda, yonida uzoq to‘xtalmasdan aylanib o‘tavering! Murosa — shu.
«Murosa-yu madora» deydi xalq. Bu bilan u «murosa bu madordir» demoqchi
bo‘ladi-yov! Sen birovga sabr bilan murosa qilsang, ya’ni uni ayasang, Yaratgan
sening kuchingga kuch, qudratingga qudrat beraveradi.
Bir hadisi sharifda “Alloh taoloning o‘zi go‘zaldir, go‘zallikni yaxshi
Dostları ilə paylaş: |