Xadislarning insonni ma'naviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi o‘rni


  II bob. HADISLAR VA IJTIMOIY HAYOT



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/27
tarix10.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#57422
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
nadislarning insonni manaviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi orni

 


 

39 


II bob. HADISLAR VA IJTIMOIY HAYOT. 

2.1. Hadislarda ijtimoiy masalalarning yoritilishi. 

Hadis  ilmi  yashash,  komil  inson  bo‘lish  yo‘llarini  ko‘rsatuvchi  ilmdir.  Agar 

ular  ixlos  bilan  mutolaa  qilinsa,  dardlarga  darmon  topiladi  ko‘ngilda  xayrli 

ishtiyoqlar tug‘iladi. 

Mustaqilligimizning  ravnaqi  uchun,  ko‘zlagan  rejalarimizni  sidqidildan 

amalga  oshirish  uchun  fuqarolarning  ma’naviyatini  yuksaltirish,  ya’ni  shaxsning 

o‘ziga  bo‘lgan  talabini  oshirish,  uning  ichki  imkoniyatlarini  yuzaga  chiqarishga 

ko‘maklashish g‘oyat muhimdir. Inson qalban poklanmaguncha jamiyatga foydasi 

bo‘lmas. Hadislar esa inson ruhiyatini tozalovchi xalqchil, singishimli omillardan 

biridir. 

Biz  ushbu  bitiruv  malakaviy  ishimizda  hadislarga  suyangan  holda 

hadislarning  ijtimoiy  hayotimizdagi  o‘rni  masalasiga,  hadislar  vositasida  inson 

dunyosining  sinoatlari,  ruhiyat  manzaralari,  fe’lidagi  afzalliklari  va  nuqsonlari 

haqida mulohaza yuritishga harakat qildik.  

Islom  ta’limotning  asosiy  manbalari  Qur’oni  karim  va  Sunna  nabaviyadir. 

Alloh  taolo  mana  shu  ikki  muborak  manba  orqali  odamlarni  chin  insoniy 

fazilatlarga  buyuradiki,  ularga  amal  qilganlar  ikki  dunyo  saodatiga  erishajaklar. 

Quyida  ana  shunday  ulug‘  fazilatlardan  ba’zilarini  o‘z  ichiga  olgan  bir  nechta 

hadislarning mazmuni bilan tanishib chiqamiz. 

Abu  Hurayra  raziyallohu  anhudan  rivoyat  qilinishicha,  Rasululloh  (s.a.v.) 

shunday  deb  marhamat qilganlar: "Musulmonning  musulmonda beshta  xaqqi bor: 

salomiga  alik  olmoq,  bemor  bo‘lsa  ziyorat  qilmoq,  janozasida  qatnashmoq, 

ziyofatga  chaqirsa  bormoq  va  aksa  urib  "Alqamdu  lilloh”  desa  "yarqamukalloh” 

demoq (muttafaqun alayh). Bu xususda Payg‘ambarimiz (a.s.)ning bundan boshqa 

ham  bir  necha  hadislari  mavjud  bo‘lib,  ularda  musulmonning  musulmon 

birodaridagi  haqqi  beshta  emas,  balki  oltita  va  hatto  etita  ekanligi  qayd  etilgan. 

Bundan  maqsad  —  musulmoning  musulmonda  nechta  haqqi  borligini  birma-bir 

sanash emas, balki ularning mohiyati nimadan iborat ekanligini ta’kidlashdir. 



 

40 


1. Ikki  musulmon  kishi  uchrashganda  salomlashish  musulmonlik  alomati  va 

odoblaridan  bo‘lib,  u  islomdagi  eng  yaxshi  amallardan  biridir.  Rasululloh 

(s.a.v.)dan:  "Islomdagi  amallardan  eng  yaxshisi  qaysi,  deb  so‘rashganda, 

Muhtojlarga  taom  bermoq  hamda  tanigan  va  tanimagan  kishiga  salom  bermoq, 

deb javob berganlar (muttafaqun alayhi). Salomlashish odobi haqida ham ko‘plab 

hadislar  vorid  bo‘lgan.  Ularning  orasida:  “Ulovdagi  kishi  piyodaga,  yulovchi 

to‘xtab  turgan  kishiga,  ozchilik  ko‘pchilikka  va  yoshi  kichik  yoshi  katta  odamga 

birinchi bo‘lib salom beradi” deyilgan (muttafaqun alayhi). Ammo kichikdan katta 

yoshdagi  odam  kamtarlik  va  ta’lim  uchun  salom  bersa,  bu  fazilatdir.  Alloh  taolo 

Qur’oni karimda: "Qachon sizlarga biror salomlashish (iborasi) bilan salom berilsa, 

sizlar  undan  chiroyliroq  qilib  alik  olingiz  yoki  o‘sha  (iborani)ni  qaytaringiz"  — 

deb  marhammat  qilgan  ("Niso",  86).  Mana  shu  oyatga  binoan,  salom  berish 

so‘nnat,  alik  olish  esa  farz  bo‘lib,  salom  beruvchi  "assalomu  alaikum  desa,  "va 

alaykumu-s-salom va rahmatulloh" deb alik olinadi. Agar u "assalomu alaykum va 

rahmatulloh"  deb  salom  bersa,  "va  alaykumu-s-salom  va  rahmatullohi  va 

barakotuh" deb alik olinadi. 

2. Bemor  kishini  ziyorat  qilish  ham  islomda  buyurilgan  amallardan  bo‘lib, 

uning  fazilati  haqida  Paig‘ambarimiz  (a.s.)  shunday  deganlar:  "Musulmon  kishi 


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin