11.1-rasm. Raqobatli (a) va monopol firmalar (b) talab egri chiziqlari
Bozordagi talab egri chizig’i monopolist uchun uning bozordagi mavqei va foyda
olish imkoniyatini cheklashi mumkin. Narx o’rtacha harajatlardan yuqori qilib
belgilanishi, tovar shu narxda sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerakligi firma
tomonidan albatta hisobga olinishi lozim. Firma o’z tovariga narx belgilayotgan vaqtda
foydani maksimallashtirishni ko’zlaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda,
monopol bozorda amal qiladi.
Misol tariqasida, biror bir shaharda suv ishlab chiqaruvchi firmani ko’rib chiqaylik.
11.1-jadval monopolistning daromadi ishlab chiqarilgan suv miqdoriga bog’liq bo’lishi
mumkinligini ko’rsatadi. Jadvaldagi birinchi ikki ustunlar monopolist talabini ko’rsatadi.
Monopolist 1 litr suv ishlab chiqaradigan bo’lsa, u 1 litrni 10$dan sotishi mumkin. 2 litr
ishlab chiqaradigan bo’lsa, u har bir litrni 9$ ga sotishi, ya’ni narxni pasaytirishi kerak. 3
litr ishlab chiqaradigan bo’lsa, u 8$ ga narxni pasaytirishi kerak. Va hokazo. Agar
raqamlar bu ikki ustun grafigiga mos bo’lsa, odatda, talab egri chizig’i qiyalashishi kerak.
11.1-jadval
Monopol firmaninig umumiy, o’rtacha va chekli daromadi
Jadvalning uchinchi ustunida monopolistning umumiy daromadi ko’rsatilgan. Bu
(birinchi ustun) sotilgan suv hajmini 1 litr suv narxiga (ikkinchi ustun) ko’paytirish
natijasiga tengligini ko’rsatadi. To’rtinchi ustunda firmaning o’rtacha daromadi, firma
tomonidan sotilgan bir litr suvdan keladigan daromadning miqdori hisoblangan va u har
doim narxga teng. Bu monopolistlar uchun, shuningdek raqobatli firmalar uchun to’g’ridir.
11.1-jadvalning oxirgi ustunida firmaning chekli daromadi, firma mahsulotining har
bir qo’shimcha birlik uchun ko’radigan daromadining miqdori hisoblangan. Firmaga 1
birlik suv hajmi uchun jami tushumlarning o’zgarishi olinib chekli daromad hisoblanadi.
Firma 3 litr suv ishlab chiqarishi uchun masalan, 24$ umumiy daromad oladi. Suv ishlab
chiqarishni 4 litrga oshirgani tufayli umumiy daromad 28$ yetadi. Shunday qilib,
to’rtinchi litr suvni sotishdan chekli daromad $ 4, ya’ni 28$ dan 24$ni chegirish natijasiga
teng.
Monopoliyalarda chekli daromad raqobatli firmalarning chekli daromadidan farq
qiladi. Monopolist sotish hajmini oshiradi, bu harakat umumiy daromadi (P x Q) bo’yicha
ikki xil ta’sirga ega: - Ishlab chiqarishga ta’siri: Ko’proq ishlab chiqilgan mahsulot
ko’proq sotilgan bo’ladi, shuning uchun Q umumiy daromadni oshirish istagi yuqori
bo’ladi. -Narx ta’siri: Narxni tushiradi, shuning uchun P umumiy daromad kutilganidan
past bo’ladi.
11.2-rasmda talab egri chizig’i va monopolist firmasi uchun chekli daromad egri
chizig’i qanday joylashishini ko’rishingiz mumkin. (Firmaning narx o’rnatishi, uning
o’rtacha daromadiga teng, chunki, talab egri chizig’i ham o’rtacha daromad egri chizig’iga
teng bo’ladi.) Sotilgan birinchi birlik mahsulot chekli daromadi yaxshi narxda bo’ladi,
chunki bu ikki chiziq har doim vertikal o’q orqali shu nuqtadan boshlanadi . Lekin
Shuning uchun biz faqat birinchi birliklar ustida taqdiqotni olib boramiz, so’ng
monopolistning chekli daromadi optimal narxdan kam bo’lsagina uning talab egri chizig’i
ostida yotadi. Biz bu chekli daromadni ham salbiy bo’lishi mumkinligini 11.2-rasmda
(shuningdek 11.1-jadvalda) ko’rishimiz mumkin. Daromadga narxning ta’siri katta bo’lsa,
ishlab chiqarish ham ortib, chekli daromadi salbiy bo’ladi. Firma mahsulotining
qo’shimcha 1 birligidan ishlab chiqargan mahsulotiga dona hisobida foyda yoki zarar
ko’rishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |