57
Hozirga qadar kalsiy gidrosilikatlarning 28 turi, jumladan, 11
ta tabiiy
minerali ma'lum. Bundan tashqari, hali tarkibi aniqlanmagan bir qancha fazalar
ham bor.
Gidrosilikatlar suvda deyarli erimaydi (22-jadval). Kalsiy silikatlar 100°C
dan past haroratda gidratatsiyalanganda yaxshi kristallanmagan
yangi hosilalar
vujudga keladi; bunga qotgan sement xamiri misol boia oladi. Muayyan kalsiy
gidrosilikat kristallarini hosil qilish uchun kerakli aralashma tarkibi hamda o'ziga
xos gidrotermal sharoitlar boiishi kerak. Shuni ta'kidlash lozimki, bunda tajriba
ba'zan 1000
soat davom etadi, harorat esa 500 - 1000°C ga yetadi. Shunga
qaramay, kalsiy gidrosilikatlar kristallarining kattaligi, odatda, 10-30 mkm bo`ladi,
bu ho`l ularning tarkibi, tarkibiy tuzilishi va xossalarini o'rganishni mu-
rakkablashtirib yuboradi. N.V.Belov bir qancha
kalsiy gidrosilikatlarning
xossalarini (ksonotlit, gillebrandit, tobermorit va boshqalar) izohlab berdi.
58
Mavzu:
Portlandsmentning mustahkamligi.
Smenttosh va betonlarning kimyoviy hamda fizik emiruvchi
omillar ta’siriga chidamliligi.
Reja:
1.Portlandsementning mustahkamligi
2. Sementtosh va betonlarning kimyoviy hamda fizik yemiruvchi
omillar ta`siriga chidamlilgi
Portlandsementning pishiqligi namunalarning siqilishdagi va egilishidagi
mustahkamlik chegerasi bilan ifodalanadi. Markalar o`lchami 4x4x16 sm bo`lgan
tayoqchalarning esa egishdagi mustahkamlik chegarasiga, yarim tayoqchalarining
siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga qarab belgilanadi. Bu namunalar og` irlik
bo`yicha 1:3 nisbatda tayyorlangan plastik sement qorishmasidan yasalib, 28 kun
qotiriladi va shundan keyin sinaladi.
28 kun qotirilgan namunaning siqilishdagi
mustahkamlik chegarasi
sementning faolligi deb ataladi, marka shu ko`rsatkichga qarab belgilanadi. Agar
sementning faolligi 54,6 MPa bo`lsa, uning markasi 500 qilib belilanadi.
Sementning mustahkamligidan mumkin qadar to`la
foydalanish uchun uning
faolligini hisobga olish kerek.
Portlantsement uchun 300, 400, 500, va 600 markalar belgilangan.
Qotayotgan portlandsementning mustahkamligi vaqt bo`yicha bir tekis
ortmaydi. Portlandsementdan tayyorlangan beton 3 kun davomida qotgandan so`ng
uning mustahkamligi shu marka uchun belgilangan 28 kunlik mustahkamlikning
yarmiga yetadi, mustahkamlikning qolgan yarmiga esa 25 kundan keyin erishiladi.
Biroq portlandsement asosida tayyorlangan betonning 28
kunda erishilgan
mustahkamligi boshqa xil gidravlik bog`lovchi moddalardan tayorlangan
betonlarniki kabi oxirgi mustahkamlik bo`lib hisoblanmaydi,
u eng yuqori
mustahkamlikning o`rta hisobda 50% ni tashkil etadi. Qulay sharoitda bir necha yil
davom etgan mustahkamlanish shu markaga xos mustahkamlikdan ba’zan bir
necha marta ortiq bo`lishi mumkin.
Qotishmaga qo`shiladigan suv miqdori va sementning mayda-yirikligi
portlandsementning mustahkamligiga ta’sir etadi. Sement qotishmasiga suv qancha
ko`p qo`shilsa, undan tayyorlangan namunaning mustahkamligi shuncha past
bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: