8
To`rtta texnologik liniyasi bo`lgan 5x185 metr o`lchamli pechlar bilan
jihozlangan sement zavodlari yiliga 2,4 million tonna mahsulot
ishlab chqarish
quvvatiga ega. Ikkita shunday texnologik liniyali zavodlarning ishlab chqarish
quvvati esa 1,2 million tonna sementni tashkil qiladi.
Hozir mamlakatimizda barcha sementning 50 % ga yaqini ho`l usulda ishlab
chqarilmoqda. Lekin yangi texnologiya negizida qayta vujudga kelgan va ancha
tejamli hisoblangan “quruq” usulining istiqboli porloq.
Navoiyda ishga tushrilgan sement zavodining 7x6,4x95 metr o`lchamli
aylanuvchi pechga ega bo`lgan uchta texnologik liniyasi bo`lib, har biri soatiga
125 tonna klinker yetkazib beryapti. Zavodning yillik semet ishlab chqarish
loyihaviy quvvati 1990-yili 3400 tonnaga yetkazildi.
Ikkinchi bosqichda
belgilanishiga ko`ra, alohida texnologik jarayonlar istiqboli hal etilishiini hisobga
olib, zavodlarning yillik quvvati 4,6 million tonna bo`lishi ko`zda tutilgan.
Loyihada keltirishicha, 3-4 liniyani qurish va barcha texnologik jarayonlarda katta
quvvatga ega bo`lgan asosiy hamda yordamchi asbob-uskunalar ishlatish,
xomashyo aralashmasi tayyorlash,
uni maydalash va quritish, klinkerni kuydirish
hamda sovitish, sementni kukunlash va tayyor mahsulotni ortish operasiyalarini
o`z ichiga olgan ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashni ta`minlovchi
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini tatbiq etish mo'ljallangan. Bundan tashqari,
changli
gazni va havoni tozalash, ish jarayonida chang chiqaruvchi barcha asosiy
hamda yordamchi texnologik jarayonlar aspiratsiyasining samarali chizmalarini
ishlatish ko'zda tutilgan.
Respublikada ishlab chiqarilayotgan sementning sifat tarkibi yanada
yaxshilanib, sement xillari ham ko'payadi.
Sementning tez qotadigan, o'ta
mustahkam, kengayuvchi, plastifikatsiyalanuvchi, gidrofob, manzarali (oq
va har
xil rangli) va boshqa qimmatli energiya tejovchi texnologiya bo'yicha maxsus
xillarini ishlab chiqarish hajmi ancha ortadi.
Dostları ilə paylaş: