O'zbekistonda sement sanqati



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


11 
Mavzu: GIPS TEXNOLOGIYASI 
 

Reja: 
1. Havoda qotadigan bog'lovchi materiallar. 
2. Gipsning tavsifi. 
3. Suvli va suvsiz kalsiy sulfat modifikatsiyasi 
 
Gipsli bog'Iovchi moddalar. Gipsli bog'lovchi moddalar kuydi-rilgan 
gipstosh mayda qilib tuyish yo'li bilan hosil qilinadi (gips-tosh asosan tarkibida 
ikki molekula suvi bo'lgan kalsiy sulfatli CaSO
4
• 2H
2
O dan iborat). Gips-toshdan 
kuydirilish harorati, sharoitiga qarab qurilish gipsi, mustahkam gips hamda 
angidritli sement hosil qilinadi. 
Qurilish gipsi. Tarkibida ikki molekula suvi bo'lgan kalsiy sulfatli cho'kindi 
tog' jinsi - gipsni (CaSO
4
• 2H
2
O) va suvsiz gips deb ataluvchi angidrid toshni 
(CaSO
4
) hamda ayrim sanoat chiqindilarini pishirib gipsli bog'lovchilar olinadi. 
Standartda ko'rsatilishicha, birinchi navgips ishlab chiqarish uchun tarkibida 
CaSO
4
• 2H
2
O ning miqdori 90%, ikkinchi nav uchun esa 65% dan kam boimagan 
tabiiy gips-tosh kerak. 
Tabiiy gips-tosh oq rangli, qattiqligi 2 (Moos shkalasi bo'yicha), zichligi 
2200 - 2400 kg/m
3
bo'lgan jinsdir. Gips-tosh zaxiralarining eng kattasi Buxoro 
viloyatida mavjud (Kogon gips koni). 
150 - 170°C haroratda kuydirilgan gips-toshni tuyib maydalab olingan 
mahsulot qurilish gipsi deb ataladi. 
Ikki molekula suvi bo'lgan kalsiy sulfatni 65°C da qizdirilganda u o'z 
xususiyatini o'zgartiradi va tarkibidagi suv asta-sekin yo'qolib, digidratatsiyalana 
boshlaydi. Bunda gips-tosh 1,5 molekula suvni yo'qotib, yarim molekula suvli 
gipsga aylanadi, bu quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi: 
CaSO
4
• 2H
2
O = CaSO
4
• 0,5H
2
O + l,5H
2
O. 
Gips-tosh 140 - 170°C haroratda ko'p miqdorda suvni yo'qotib, yarim suvli, 
tez qotuvchi (CaSO
4
• 0,5H
2
O) gipsga aylanadi. Bunday bog'lovchi ba'zan 
alebaster deb ham ataladi. 
Demak, qurilish gipsi hosil qilish yuzasidan belgilangan texnikaviy vazifa 
ikki molekula suvli gipsni yarim molekula suvli gipsga aylantirishdan iborat 
bo'ladi. Tabiiy kalsiy fosfatlarini fosfat kislota hamda konsentraesiyalangan fosfor 
o'g'itlariga gidrokimyoviy usulda aylantirish natijasida olingan chiqindi - fosfogips 
sanoat uchun yirik xomashyo manbai hisoblanadi. 
Maxsus ishlab chiqilgan usullar asosida fosfogipsdan sifati eng yaxshi tabiiy 
xomashedan hosil qilinadigan mahsulotdan, qolishmaydigan tayyor bog`lovchi 
modda olish mumkin. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin