Mavzu. Timss baholash dasturining maqsadi. Timssining dastur yoʻnalishlari, mazmun sohalari, kognitiv sohalar (bilish, qoʻllash, mulohaza yuritish). Timss topshiriqlari, ularni baholash mezoni


Ifodalar, oddiy tenglamalar va munosabatlar



Yüklə 499,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix23.05.2022
ölçüsü499,35 Kb.
#59071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5 (1)

Ifodalar, oddiy tenglamalar va munosabatlar 
1. Noma’lum qatnashgan masalalarni yechish (masalan, 17 + x = 29). 
2. Noma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarni ifodalash 
uchun matnli yoki sonli qatorni aniqlash yoki yozish. 
3. O‘zaro bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni aniqlash (masalan, bog‘liq atamalar 
o‘rtasidagi munosabatlarni tasvirlab berish va qoida asosida butun sonlarni hosil 
qilish). 
Oddiy kasrlar va o‘nli kasrlar 
1. Kasrlarning bir necha turlarini bilish; oddiy va o‘nli kasrlar; oddiy kasrlarni 
taqqoslash, ularni qo‘shish va ayirish, muammoli vaziyatlarni hal etish (kasrning 
maxraji 2, 3, 4, 5, 6, 8, 10, 12 yoki 100 qiymatlari bo‘lgan masalalarni bajarish). 
2. O‘nli kasrlarni taqqoslash, oddiy kasrlarni o‘nli kasrga aylantirish, o‘nli 
kasrlarni qo‘shish va ayirish (O‘nli kasrlar bitta yoki ikkita kasrdan iborat bo‘lishi 
mumkin, bu esa pul bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkon beradi).
O‘lchov va geometriya 
Bizning atrofimizda har xil shakl va o‘lchamdagi obyektlar mavjud, 
geometriya – shakllar va o‘lchamlar o‘rtasidagi munosabatlarni tasavvur qilish va 


tushunishga yordam beradi. O‘lchov, bu – obyektlar va hodisalarning atributlarini 
(masalan, uzunlik va vaqt) miqdorini aniqlash jarayoni. 
O‘lchov va geometriya singari ikkita yo‘nalish mavjud: 
 O‘lchov (15%) 
 Geometriya (15%) 
To‘rtinchi sinfda o‘quvchilar uzunlikni o‘lchash uchun chizg‘ichdan 
foydalanadi; uzunlik, massa, hajm va vaqt bilan bog‘liq masalalar; oddiy 
ko‘pburchaklarning yuzi va perimetrlarini hisoblash; hajmlarni aniqlash uchun 
kublardan foydalanish. O‘quvchilar chiziqlar, burchaklar va har xil ikki o‘lchovli va 
uch o‘lchovli shakllarning xususiyatlarini aniqlay olishlari kerak. Fazoviy shakl – 
geometriyani o‘rganishning ajralmas qismi bo‘lib, o‘quvchilardan turli geometrik 
shakllarni tasvirlash va chizmalarni chizish so‘raladi. Shuningdek, ular geometrik 
munosabatlarni tahlil qilishlari va ushbu munosabatlarni yechimda qo‘llay olishlari 
kerak. 
O‘lchov 
1. Uzunliklarni o‘lchash va baholash (millimetr, santimetr, metr, kilometr);
2. Og‘irlik o‘lchovi (gramm va kilogramm), hajm (millilitr va litr) va vaqt 
(minutlar va soat) bilan bog‘liq masalalarni hal qilish; birliklarning tegishli turlarini 
va o‘lchamlarini aniqlash hamda masshtablarni o‘qish. 
3. Ko‘pburchaklarning perimetrlari, to‘rtburchaklar yuzi, kvadratlar bilan 
qoplagan shaklarning yuzi va kublar hajmini topish bilan bog‘liq muammolarni hal 
qilish. 

Yüklə 499,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin