Matematika iqtisodiyot va moliyada, kompyuter texnologiyalari va dasturiy ta’minot
yaratishda, axborot texnologiyalari va yangiliklardan xabardor bo‘lishda
hayotimizda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu bo‘limda TIMSS–2019 ning matematik
baholash mezoni taqdim etilgan.
TIMSS Matematika – 4-sinf
TIMSS Matematika – 8-sinf
TIMSS–2019 tadqiqoti 4- va 8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. U 24
yillik tarixga ega bo‘lib, har 4 yilda, 1995-yildan buyon o‘tkazilib kelinadi. 2019-
yilda u yettinchi marotaba o‘tkazildi. Matematika asoslarini o‘rgatishda, 4- va 8-
sinflarni tayyorlab borishda TIMSS–2015 tadqiqoti namunalaridan foydalanildi.
TIMSS–2015 ensiklopediyasidagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki,
tadqiqot
qatnashchilari bo‘lgan davlatlarning ilg‘or o‘quv rejalari, ta’lim standartining
tuzilishi bo‘yicha saralanib boradilar.
Endilikda TIMSS–2019 tadqiqotida ba’zi TIMSS
masalalari yangilangan
bo‘lib, qog‘oz formatdagi topshiriqlardan raqamli (kompyuter) formatdagi topshiriq
namunalarini baholashga o‘tiladi. Bu yangicha metodlarni yaralishiga olib keladi.
TIMSS–2019 ikkita baholash tizimi ham quyidagi parametr bo‘yicha
shakllantirilgan:
Baholash mezonining tarkibi;
Mulohaza yuritishning muhim bo‘lgan kognitiv o‘lchovi.
1-jadvalda TIMSS–2019 ning 4- va 8- sinflarda kognitiv va mazmun sohasi
bo‘yicha testning aniq maqsadga yo‘naltirilgan foizini ko‘rsatadi.
To‘rtinchi sinf
Mazmun sohasi
Foizlarda
Sonlar
50 %
O‘lchov va geometriya
30 %
Ma’lumotlar
20 %
Sakkizinchi sinf
Mazmun sohasi
Foizlarda
Sonlar
30 %
Algebra
30 %
Geometriya
20 %
Ma’lumotlar va ehtimollik
20 %
Kognitiv sohalar
Foizlarda
To‘rtinchi sinf
Sakkizinchi sinf
Bilim
40%
35%
Qo‘llash
40%
40%
Mulohaza yuritish
20%
25%
1-jadval. 4- va 8-sinflarda TIMSS–2019 matematikani baholashning maqsadga
yo‘naltirilganlik foizi, mazmuni va bilim sohalariga e’tibor berilgan.
Bu mazmun sohalari 4- va 8-sinflarda o‘qitiladigan ma’lumotlar bo‘yicha
ajralib turadi. To‘rtinchi sinfda sakkizinchi sinfga qaraganda sonlarga ko‘proq
e’tibor beriladi. Sakkizinchi sinfda to‘rt tarkibiy qismdan ikkitasi:
algebra va
geometriyani tashkil qiladi. Odatda, ular boshlang‘ich sinfda alohida fan sifatida
o‘qitilmagani uchun, to‘rtinchi sinfda harfli ifodalarning boshlang‘ich elementlari
sifatida kiritilgan. To‘rtinchi sinf mazmun sohasida ma’lumot to‘plash, o‘qish va
bajarishga ko‘proq e’tibor
qaratiladi, sakkizinchi sinfda esa ma’lumotlarni talqin
qilish, statistika va ehtimollik asoslariga ko‘proq e’tibor beriladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, TIMSS matematik muammolarni hal qilish bilan
bog‘liq bir
qator vaziyatlarni baholaydi, testlarning uchdan ikki qismi
o‘quvchilardan amaliy va mulohaza qilish ko‘nikmalaridan foydalanishni talab
qiladi. Kognitiv sohalar ikkala sinf uchun ham bir xil. To‘rtinchi
sinf bilan
taqqoslaganda, sakkizinchi sinfda bilim sohasiga kamroq, mulohaza yuritish
sohasiga esa ko‘proq e’tibor beriladi.
Ushbu qisqacha talqindan so‘ng, to‘rtinchi bo‘limda, ular uchta asosiy tarkibni
va har bir sohadagi reyting mavzularini belgilaydi. 1-bo‘limda biz matematikaning
TIMSS sohalari – sakkizinchi sinfning bilim sohasi tavsifini, so‘ngra to‘rtinchi va
sakkizinchi sinflar uchun bilim sohalarini tavsiflashni davom ettiramiz.
Dostları ilə paylaş: