Nazorat savollari:
1. «Mujtahid»likning qanday darajalari mavjud?
2. «Fatvo», «muftiy» so‘zlari qanday ma’nolarni anglatadi?
3. Fatvo berishning mas’uliyati borasida manbalarda nima
deyilgan?
4. Yirik islomiy tashkilotlar hamda ulamolar tomonidan eks
tremistik va terrorchi uyushmalar faoliyatining islom ta’limotiga
zid ekani borasida chiqarilgan fatvolardan keltiring.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Hidoyat ortiga yashiringan zalolat. / Mualliflar jamoasi. –
Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyotmatbaa birlash
masi, 2010. – 136 b.
2. Islom ma’rifati: asliyat va talqin. O‘quvuslubiy qo‘llanma.
– Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyotmatbaa bir
lashmasi, 2010. – 160 b.
3. Islom niqobi ostidagi ekstremistik va terrorchi uyushma
lar (Ma’lumotlar to‘plami). / K.Shermuxamedov, J.Karimov. –
Toshkent: «Movarounnahr» nashriyoti, 2014. – 160 b.
4. «Dunyo ulamolari murojaati». / Mualliflar jamoasi. – Tosh
kent: Movarounnahr, 2016. – 168 b.
137
9-mavzu. O‘ZBEKISTONNING TINChLIK VA XALQARO
XAVFSIZLIKNI TA’MINLAShDAGI O‘RNI
1. Ekstremizmning oldini olishda mintaqadagi ham
korlik
shakllari.
2. O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqa
ro tuzilma va tashkilotlardagi ishtiroki.
3. O‘zbekiston Respublikasida terrorizm xavfining oldini olish
masalalari.
Tayanch so‘z va iboralar: xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy hamkor-
lik shakllari, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi tashabbuslari,
xalqaro tuzilma va tashkilotlar, xalqaro hamkorlik.
Ekstremizmning oldini olishda mintaqadagi hamkorlik shakl-
lari. Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi diniy mu
taassiblik, ekstremizm va terrorchilikning mintaqaviy va umum
bashariy miqyosdagi xavf ekanini ta’kidlab, jahon hamjamiyati
unga qarshi birgalikda kurashishi lozimligini jahonning nufuz
li tashkilotlari minbarlaridan e’lon qildi. Xususan, O‘zbekis ton
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1993yil
28sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 48sessiyasida qil
gan ma’ruzasida jahon hamjamiyatini Afg‘oniston muammosini
izchil o‘rganish va yechishga chaqirdi.
2001yilning 28sentyabrida BMTning Xavfsizlik Kengashi
1373 (2001)sonli rezolyutsiyani qabul qilib, tashkilot qoshi
da terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasini tuzdi. Ushbu qo‘mita
ning tuzilishi va faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Preziden
ti Islom Karimov taklif qilgan terrorizmga qarshi kurash xalqaro
markazining konsepsiyasiga hamohangdir. Zero, Yurtboshimiz
1999yilning noyabrida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tash
kilotining (YeXHT) Stambulda bo‘lib o‘tgan Sammitida va
2000yilning 7–8sentyabrida NyuYorkda bo‘lib o‘tgan BMT
Bosh Assambleyasining «Mingyillik sammiti»da BMT tuzilma
larida terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tuzish takli
138
fini bayon qilgan edi. Ushbu tashabbus amalga oshganidan so‘ng,
O‘zbekiston 2001yil dekabr oyida va 2002yilning avgust oyida
BMT Xavfsizlik Kengashining yuqorida zikr etilgan rezolyutsi
yasining bajarilishi xususida BMTning terrorizmga qarshi kurash
qo‘mitasiga ma’ruzalar taqdim etdi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Ka
rimov tashabbusi bilan 1998yilda tashkil topgan «6+2» guruhi
ning BMT rahbarligida 1998–1999yillarda olib borgan faoliyati
Afg‘onistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda katta
ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidlash zarur. Bu guruh Afg‘oniston
bilan chegaradosh olti davlat (Xitoy, O‘zbekiston, Pokiston, Eron,
Tojikiston, Turkmaniston) va mintaqa tashqarisidan Afg‘onis
tondagi vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatib turgan ikki davlat – AQSH
va Rossiya Federatsiyasining yuqori darajadagi vakillaridan tash
kil topgan edi. Bu guruh bir qator majlislar, muhokamalar va mu
zokaralar o‘tkazib, ularga Afg‘onistonda birbiri bilan kurasha
yotgan kuchlar vakillarini jalb qilib, «Afg‘onistonda gi mojaroni
tinch yo‘l bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida»
gi Toshkent Deklaratsiyasini va mintaqaviy xavfsizlik masalalari
bo‘yicha bir qator boshqa hujjatlarni ishlab chiqdi. 1999yilning
28iyulida BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida «6+2» guruhining
Toshkent uchrashuvi yakunlari yuksak baholandi.
Xalqaro tashkilotlar va ayrim mamlakatlar ushbu yo‘nalish
da muayyan ishlarni amalga oshirayotgan bo‘lsada, Afg‘onis
ton jahon hamjamiyati uchun halihanuz tahdidlar o‘chog‘i
bo‘lib qolayotganini, ushbu mamlakatda ziddiyatlarning kucha
yib borishi, keskinlik va terrorizm ko‘lamining kengayishi global
xavfsizlik va barqarorlik uchun hamon jiddiy tahdid solayotganini
ham ta’kidlash zarur. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, O‘zbekis
ton Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning
2007yil aprelda Buxarest shahrida bo‘lib o‘tgan, minta qaviy va
xalqaro xavfsizlik ni ta’minlash yo‘lida ko‘p tomonlama hamkor
lik, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlash
tirishga
doir masalalar muhokama qilingan NATO Yevroatlantika ham
139
korlik kengashi sammitida qilgan ma’ruzasida bayon etilgan g‘o
yalar diqqatga sazovordir.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda Prezidentimiz Islom Karimov
tomonidan Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha
yagona xalqaro amaliy mexanizm bo‘lib kelgan, 1997–2001yil
larda BMT rahnamoligida samarali faoliyat ko‘rsatgan, Afg‘onis
ton bilan qo‘shni davlatlar, AQSH va Rossiyaning vakolatli vakil
laridan tashkil topgan «6+2» muloqot guruhini hozirgi voqelikni
inobatga olgan holda va muzokaralar jarayonida NATO vakolat
xonasi ham albatta ishtirok etishini nazarda tutib, «6+Z» guru
higa aylantirish zarurligi haqidagi g‘oyat qimmatli amaliy taklif
ilgari surilganini ham alohida qayd etish lozim. Bunday mexa
nizmning qayta tiklanishi barcha manfaatdor tomonlar ishtiroki
da Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish jarayoniga ijobiy
ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.
O‘zbekiston Respublikasi ekstremizm va terrorizm bilan bir
ga uni moliyalashtirish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan narkobiznes va
narkotrafikka qarshi kurashda ham qat’iy siyosat olib bormoq
da. 1999yilda «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar
to‘g‘risida»gi, 2000yilda «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»
gi va 2006yilning 1yanvaridan amalga kiritilgan «Jinoiy faoli
yatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunlarning
qabul qilingani ham fikrimizni tasdiqlaydi. Shuningdek, terro
rizmga qarshi qaratilgan ko‘plab xalqaro shartnomalarni rati
fikatsiya qilib, ulardagi majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda.
Shu bilan birga, bu masalalarda o‘zining tashabbuslarini ilgari
surayotganini ham alohida ta’kidlash zarur.
Ma’lumki, BMTning terrorizmning oldini olish va unga qar
shi kurashga qaratilgan 13 ta hujjati (11 ta konvensiya va 2 ta pro
tokol) mavjud. Hozirda O‘zbekiston 12 ta ana shunday xalqaro
shartnomalarni ratifikatsiya qilgan.
O‘zbekiston Yevropa Kengashi doirasida ham terrorizmga qar
shi kurashga qaratilgan 7 xalqaro shartnomani imzolagan.
140
Markaziy Osiyo respublikalari hamkorligi doirasida ham
O‘zbekiston ekstremizm, xalqaro terrorizm va narkobiznes xav
fini o‘zaro birgalikda bartaraf etish bo‘yicha qator tashabbuslar
bilan chiqib, uni ro‘yobga chiqarib kelmoqda. 2000yil 21aprelda
Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston
respublikalari terrorizm, siyosiy va ekstremizm, xalqaro uyushgan
jinoyatchilik hamda tomonlarning barqarorligiga xavf tug‘diradi
gan boshqa tahdidlarga qarshi kurashda hamkorlikda harakat qi
lish haqida shartnoma imzolagani ham bu ning isboti bo‘la oladi.
Jamiyat taraqqiyotiga muqobil ravishda ekstremizm va ter
rorchilik bilan bog‘liq jinoyatlar sifat va miqdor jihatidan o‘zgarib,
uning masshtab doirasi tobora kengayib bormoqda. Shuningdek,
terrorchilar sodir etayotgan jinoyatlarning intensivligi va og‘ir
lik darajasi ham kun sayin dahshatli tus olayotgani juda achinarli
holdir. Bu esa insoniyat xavfsizligi va dunyo mamlakatlarining ij
timoiyiqtisodiy taraqqiyotiga tahdid hamon saqlanib qolayotga
nidan dalolat beradi.
XX asrning so‘nggi choragiga kelib, diniy ekstremistik va
terrorchi kuchlarga qarshi kurash xalqaro muammo darajasiga
ko‘tarildi. Bu esa ekstremizm va terrorizm tinchlik va barqaror
lik uchun asosiy tahdid ekanini ko‘rsatadi. Ayniqsa, ko‘plab eks
tremistik va terrorchi guruhlar faoliyat olib borishga intila yotgan
Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’min etishda minta
qadagi davlatlar o‘rtasida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha
o‘zaro hamkorlik aloqalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |