Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari
Bugungi kunda dunyo hamjamiyatida mafkuraviy poligonlar ning yoshlar tarbiyasiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri har bir mamlakat, davlat, xalq oldida turgan dolzarb muammolardan biri sana ladi. Bunday sharoitda o‘sib kelayotgan barkamol avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular ongini turli xil yot g‘oya va axborot xurujlardan saqlash mu- him vazifalardan hisoblanadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Ka- rimov ta’kidlaganlaridek, «Bu borada ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul va uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va qo‘llanmalarni tayyorlash bugungi kunda mu- him vazifamizga aylanib borayotganini chuqur tushunib olishimiz zarur». Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, globallashuv ja- rayonida kishilarni, ayniqsa yoshlarni turli xil ko‘rinishdagi maf- kuraviy xurujlar ta’siridan asrashda quyidagi jihatlarga alohida e’ti- bor qaratish zarur: • mustaqil fikrga ega, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqa- rash va mustahkam irodaga ega shaxslarni tarbiyalash, yoshlar qal- bi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllantirish orqali har xil bid’at-xuro- fot amallarni farqlash, turli diniy oqim va yo‘nalishlar ta’siri hamda aqidasiga qarshi immunitet hosil qilish; • mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hush- yor bo‘lib yashash; go‘yoki islom dinini o‘rgatishni va’da qilayotgan shubhali shaxslar bilan muloqot qilmaslik, noqonuniy tarzda chop etilgan yoki tayyorlangan diniy mazmundagi adabiyot, disk, mobil telefonlardagi materiallardan foydalanmaslik va olib yurmaslik, In- ternet tizimida ekstremizm, terrorizm va missionerlikni targ‘ib qila- digan saytlardan yoshlarni muhofaza qilish; • yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish, yoshlar ongida vatan-
165
parvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, el-yurt sha’nini ardoqlash kabi ulug‘vor fazilatlarni kamol toptirishda oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi asosida ish tashkil etish; • bugungi axborotlar almashinuvi jadal kechayotgan vaqtda diniy masalalarga oid ma’lumotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilish va unga e’tiqod qilishga shoshilmaslikni tavsiya va targ‘ib qilish hamda ax- borot xurujlari asiriga aylanmaslik lozim; • fuqarolarda diniy bag‘rikenglik, boshqa din vakillariga hur- mat, o‘zaro birodarlik, millatlararo totuvlik, do‘stlik tuyg‘ularini shakllantirish, mahalla aholisi o‘rtasida dinlararo turli ziddiyatlar yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha tushuntirish, targ‘ibot ish- larini olib borish; • mahallalardagi notinch, noqobil oilalar yoki diniy mutaassiblik- ka moyil shaxslar bilan tushuntirish ishlarini olib borishda ha yotiy taj ribaga ega bo‘lgan mahalla faollari, mahallada obro‘-e’tibor qozon- gan kishilar, mahalliy masjidlarda faoliyat yurituvchi imom-xatib- lar, shuningdek diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masala- lari bo‘yicha maslahatchilar, tumanlardagi bosh imom- xatiblarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilarini jalb etish; • aholi o‘rtasida din haqida noto‘g‘ri salbiy tushuncha va tasav- vurlar uyg‘onishining oldini olish maqsadida aqida, ibodat va bosh- qa diniy masalalarga oid savollar bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari, ularning viloyatlardagi vakillari, mahalliy imom- xatiblar va diniy soha mutaxassislariga murojaat qilish; • ekstremizm va terrorizm bilan kurashda, asosan huquq-tar- tibot organlariga suyanish, faqat jazo choralarini qo‘llash orqali unga barham berishga intilish mazkur salbiy hodisaning oqibati bi- langina kurashish deganidir. Boshqacha aytganda, bun day yo‘ldan borilsa, ekstremizm va terrorizmni oziqlanti rib turgan «ildiz»lar zararlanmay qolaveradi, ma’lum bir davr o‘tishi bilan ular yangi «kurtak»lar berishda davom etishini hisobga olib, bunday manfur kuchlarning kirdikorlarini fosh etish va ularga qarshi kurashishda har bir soha vakili o‘zining munosib hissa sini qo‘shish.
166
Demak, axborot kurashi avj olgan XXI asrda din niqobi ostida
gi turli xil ko‘rinishdagi mafkuraviy xurujlardan himoya etish da
ma’naviyma’rifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini oshirish,
hayotimizda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar haqidagi chuqur
tahliliy ma’lumotlarni yosh avlodga yetkazish, ular ning ijtimoiy
faolligini kuchaytirish, bunda «fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi
g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish» har qachongidan
ham muhim ahamiyat kasb etadi.