Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   170
Ona tili 6 sinf

318-mashq
Uyga vazifa-q, -giñh, -gi, -ki, -qi, -ma, -k qo‘shimñha-
lari yordamida narsa otlari yasang va ular ishtirokida gaðlar tuzing.
1-t o ð s h i r i q . Berilgan o‘rin-joy nomlarini turar-joy, o‘simliklar
o‘sadigan joy, dunyo tomonlari, odamlar to‘planadigan joy nomlari
kabi ma’no guruhlariga ajrating.
Shahar, qishloq, guzar, mahalla, tuman, viloyat, ko‘ñha,
gulzor, olmazor, saylgoh, sharq, g‘arb.
2-t o ð s h i r i q . Nuqtalar o‘rniga qavs iñhidagi mos so‘zlarni qo‘ying.
Hosil bo‘lgan yasama otlarning qanday ma’no ifodalashini ayting.
...zor, ...loq, ...iston, ...goh, ...xona
(uzum, o‘rik, gul, o‘t, tosh, gul, osh, sartarosh).
BILIB OLING. 
«Qayer?» so‘rog‘iga javob bo‘lib,
o‘rin-joy ma’nosini bildiruvñhi otlar orin-joy otlari sanala-
di. Bunday otlar o‘rin-joy ma’nosi bilan birga narsalik
ma’nosini ham bildiradi, shuning uñhun «qayer?» so‘rog‘i
bilan birga «nima?» so‘rog‘ini olishi ham mumkin.
-zor, -loq, -iston, -goh qo‘shimñhalari o‘rin-joy ot-
larini yasaydi.
O‘RIN-JOY OÒLARI


126
318-mashq.
Gaðlarni ko‘ñhiring. O‘rin-joy otlarini toðib, ularni
guruhlang.
1. Har qalay, o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloq. Bolaligini esla-
tadigan guvala devorlar bilan qurshalgan ko‘ñhalar, suvga
ñho‘milgan jimjit soylar, olisda sadafdek ñhaqnab turgan
ñho‘qqilar, yam-yashil o‘tloqlar ko‘ngliga taskin berar-ku! (Said
Ahmad) 2. Darvozadan ñhiqib, katta yo‘ldan biroz yurilgañh,
ñhað tomondagi tolzor ko‘ñhaga burilishdi. (Abdulla Qahhor)
3. O‘ktam Komila orqasidan yurib, olñhazor orqali keng, tekis,
bahavo maydonga ñhiqdi... (Oybek) 4. Cho‘ðon otaning katta
hovlisi, otlar bog‘langan bostirmasi, sigirlar boqiladigan mol-
xonasi va qo‘ylar turadigan ikkita katta qo‘rasi bor edi. (P. Qodirov)
319-mashq. 
Gaðlarni o‘qing. O‘rin-joy otlarini toðib, ularning
qanday ma’no anglatayotganini izohlang.
1. Qutidor do‘koniga jo‘nagandan keyin Oftoboyim
Òo‘ybekani mehmonxonaga buyurdi va o‘zi xamir qilishga o‘tirdi.
(Abdulla Qodiriy) 2. U shosha-ðisha kiyinib, endi tashqariga
ñhiqayotgan ham ediki, eshik ohista taqillab, ostonada Mehriniso
ko‘rindi. (O. Yoqubov) 3. Biz ko‘ñhib kelgan hovli katta edi.
Qator qilib solingan ikki uy, bir ayvon. (O‘. Hoshimov) 4. Bu
yerlarni qo‘riqxonaga aylantirar emish, shuning uñhun uy
hayvonlarini boqish mumkin emas ekan. (Òohir Malik)
1. O‘rin-joy otlari deb qanday otlarga aytiladi?
2. Ularni qanday ma’no turlariga ajratish mumkin?
3. Qaysi qo‘shimñhalar yordamida o‘rin-joy otlari hosil qi-
linadi?

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin