127
BILIB OLING.
Shaxs va narsalarning faoliyat jara-
yonini nomlovchi otlarga faoliyat-jarayon otlari deyiladi.
ESLAB QOLING.
Faoliyat-jarayon otlari -lik,
-chilik, -garchilik, -(i)m, -(i)k (-q) qo‘shimchalari
yordamida yasaladi: ezmalik, g‘allachilik, serobgarchilik,
terim, unum va hokazo.
321-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, faoliyat-jarayon
nomini bildi-
ruvchi otlarning tagiga chizing.
1. O‘rindiqning bir chekkasida o‘tirgan ayol unga mehribon-
lik bilan tikilib turardi. (
Yo‘ldosh Sulaymon) 2.
Dadam kunduzi
g‘o‘zani chopiq qilib juda charchagan ekan, sira uyg‘onmadi.
(
Murod Xidir) 3. Òa’tilda o‘qituvchi opamiz sayohatga olib bo-
radigan bo‘ldi. (
Hakim Nazir) 4.
Shofyorlik kursini bitirib,
konda ishlay boshladim. (
N. Normatov) 5. Yoshlikdagi gunohlari
uchun yangamdan kechirim so‘ramoqchilar. (
O. Yoqubov)
6. Otaqo‘zi bo‘lajak kuyovining bachkana qiliqlariga ichida bir
g‘ijinib qo‘ydi. (
O. Yoqubov)
322-mashq.
Gaplarni o‘qing, faoliyat-jarayonni
bildiruvchi otlarni
aniqlang, ma’nosini izohlang.
1. Bilim kishining ko‘nglini yoritadi, unga ro‘shnolik beradi.
(
Yusuf Xos Hojib) 2. Yoshlik qaytib kelmaydi. (
Asqad Muxtor)
3. Bu dunyoda uning qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q:
duradgorlig-u
suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik — hamma-
sini eplaydi. (
X. Sultonov). 4. Ancha ovoragarchilik bilan bir mashina
paxta olib qaytdik. (
P. Qodirov). 5. Huriniso i pakchilik zveno-
sining boshlig‘i bo‘lgan ekan. (
Abdulla Qahhor). 6. Shomurod
asli
yilqichining bolasi, dehqonchilikni xushlamaydi. (
Murod
Muhammad Do‘st) 7. Yolqin akam traktor terimidan bo‘sha-
gandan keyin hovlining kamchiliklarini tuzatadi. (
P. Qodirov)
1. Faoliyat-jarayon otlari deb nimaga aytiladi?
2. Shunday otlar ishtirokida gaðlar tuzing.
Dostları ilə paylaş: