Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   170
Ona tili 6 sinf

BILIB OLING. 
Belgining me’yordan biroz oz yoki
ko‘p ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat shakli qiyosiy
daraja shakli deyiladi. Qiyosiy daraja shakli -roq
qo‘shimchasi yordamida yasaladi.
379-mashq. 
Gaðlarni o‘qing. Qiyosiy darajadagi sifatlarni aniqlang
va izohlang.
1. Bo‘yi mendan kattarog‘-u, o‘zi sað-sariq. (O‘. Hoshimov)
2. Aftidan, ovozim ham hozirgidan jarangdorroq edi, shekilli,
ko‘ðgina yig‘inlarda she’r o‘qish menga toðshirilar edi. (Òurob
Òo‘la) 3. Bilmadim... oqshommi go‘zalroq, tongmi?!. Bir-biridan
go‘zal, bir-biridan fusunkor. (Oybek) 4. Òilimiz dag‘alroq, lekin
juda boy, rangli, ohori to‘kilmagan ertak, doston va qo‘shiq
ko‘ð. (Mirtemir) 5. Uning nazarida bundan suyumliroq, bundan
ham zavqliroq va shavqliroq ish yo‘q edi. (N. Fozilov)
380-mashq. 
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga -roq qo‘shimñhasini qo‘shing,
so‘z ma’nosiga qanday ta’sir qilishini aniqlang.
1. Bizning Shahlo o‘zi kiñhkina bo‘lsa ham, anñha ziyrak qiz.
(Mirmuhsin) 2. Õoltoy yaxshi bola ñhiqdi. Hatto uning qo‘ni-
qo‘shnilari ham bunga tan berishadi. (R. Azizxo‘jayev) 3. Atrofda
go‘zal va ajoyib gullar o‘sar edi. (Ertakdan) 4. Baxtiyorning
shalðangquloq, jajji kuñhukñhasi bor. (A. Jo‘rayev) 5. Chuqur
va xayolñhan ko‘zlarida sirli va sehrli bir holat aks etadi. (Omon
Muxtor)
381-mashq.
Berilgan gaðlardagi sifatlarning qaysi darajada ekan-
ligini ayting.
SIFAÒLARNING QIYOSIY
DARAJA SHAKLI


151
1. Agar birorta kiñhikroq baliq suv yuziga suzib ñhiqsa,
mushuk bir hamla bilan ushlab olar ekan. (Aziz Abdurazzoq)
2. Dunyoda do‘stlikdan afzalroq, yoqimliroq narsa yo‘q. (Sitse-
ron) 3. Go‘zallikdan ezgulik yaxshiroqdir. (H. Hayne) 4. Dunyo-
da johillikdan dahshatliroq narsa yo‘q. (Hyote) 5. Insonning aqli
mushtidan ko‘ra kuñhliroqdir. (F. Rable) 6. Nomus jondan ham
qimmatliroq. (F. Shiller)
1. Sifatlarning qiyosiy darajasi qanday hosil qilinadi?
2. Kiñhkina, zangori, nordon so‘zlariga -roq qo‘shimñhasini
qo‘shing va ma’noda ro‘y berayotgan o‘zgarishni izohlang.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin