19
Dunyoda eng ko‘p ovqat yeydigan jonivor ninachidir. U
ikki soat ichida qirqta pashsha va chivinni tutib yeydi. Agar
uning gavdasi sher yoki fil kabi katta bo‘lganida edi, birdaniga
bitta sigirni yeb qo‘ygan bo‘lar edi. Bitta
ninachi shuncha zararli
hasharotni yo‘q qilsa, o‘nlab, yuzlab ninachilarning tabiatga,
odamlarga qanchalik foyda keltirishini tasavvur qilish mumkin.
Bu bilan ninachi tabiat qo‘riqchisi vazifasini bajaradi. Tabiatda
ninachiga o‘xshagan foydali jonivorlar ko‘p.
Ularni asrash
hammamizning vazifamizdir. (
«O‘zbek tilini o‘rganamiz» kitobidan)
49-mashq.
Matnni o‘qib, uning mazmunini qayta hikoya qiling.
Sabzavotlar haqidagi fikrlaringiz asosida muhokama matni tuzing.
SABZAVOT
Odamlar sabzavotni ovqatga juda qadimdan ishlatib keladilar.
O‘rta Osiyoda piyoz, sabzi,
qalampir, turp va boshqa sabzavot
ekinlari ikki ming yil ilgari ham ekilgani ma’lum. Sabzavot
o‘tsimon o‘simlik bo‘lib,
uning biror sersuv qismi, chunonchi,
sabzi, turp, sholg‘omning etli ildiz mevasi;
karam va salatning
barglari; gulkaramning g‘unchasi; rovochning barg bandi;
pomidor, bodring, baqlajonning mevasi ovqatga ishlatiladi.
Sabzavotlar mazali bo‘lishi bilan birga juda foydali hamdir. (
«U
kim. Bu nima» kitobidan)
1. Qanday matn muhokama matni hisoblanadi?
2. Muhokama matni ko‘proq qayerda qo‘llanadi?
3. Muhokama matnining
boshqa matn turlaridan farqi
nimada?