22
2-topshiriq. Berilgan so‘zlarni ma’noli qismlarga ajrating. Bu so‘zlar
uchun umumiy bo‘lgan qismni ayting.
Suvchi, ishchi, omborchi,
traktorchi, kombaynchi.
BILIB OLING.
So‘z tarkibi asos va qo‘shimcha-
lardan iborat.
54-mashq.
So‘zlarning tarkibini aniqlang. Bir necha so‘zda takror-
lanib kelayotgan qismlarni toping.
Xabardor, ilmli, ilmsiz,
xabarsiz, ilmiy, ulug‘vor, bexa-
bar, beilm, ulug‘lamoq, ilmparvar, ulug‘vorlik.
55-mashq.
Nuqtalar o‘rniga kerakli qo‘shimchalarni qo‘ying,
so‘zlarning ma’nosida bo‘layotgan o‘zgarishlarni izohlang. O‘zbek
tilining
jahondagi o‘rni haqida fikrlashing.
Yaponiyalik Komatsu til... olim sanaladi. U Osaka chet til...
institutining fors til... bo‘limini bitirgan. O‘zbek tili... musta-
qil o‘rgangan. O‘zbek tilini chuqur o‘rganish
maqsadida
1976 —1981-yillar mobayni... O‘zbek...ga to‘rt marta safar qilgan.
O‘zbek tili bo‘yicha «Oson o‘zbek tili» asarini va «O‘zbek...-yaponcha
lug‘at»ini nashr qil...gan.
Komatsu o‘zbek tilini Yaponiyada targ‘ib qilayot... fidoyi
olimlar... biridir. (
E. Umarov)
Dostları ilə paylaş: