18
ustunligi bor: keraksiz axborotni xohlagan paytda xotirasidan
o‘chirib tashlashi mumkin... Odam
esa yomon xotiralarni mi-
yasidan o‘chirib tashlolmay aziyat chekadi... (
O‘. Hoshimov)
46-mashq.
Matnni o‘qing. Navro‘z bayrami haqida muhokama-
munozara qiling.
Navro‘z o‘zbek xalqining
shunday bir qadriyatiki, u
millatning borligini, ulug‘ligini namoyon etadi. Navro‘z, hech
bir shubhasiz,
xalqimiz bilan birga yashab, birga ulg‘ayib,
taraqqiy topgan bayramdir. Xalq tarixi va madaniyatining ajralmas
qismi bo‘lgan Navro‘z qanchalik ko‘hna ildizlarga ega bo‘lsa,
ayni paytda shunchalik har yili biz bilan yonma-yon yangilanib,
qayta quvvatga kiradi. Ushbu bayramga
munosabat xalqimizning
o‘tmishi, buguni va kelajagiga munosabatning ramzi sifatida ham
namoyon bo‘ladi (
Sh. Turdimov. «Hikmatlar xazinasi» kitobidan)
47-mashq.
Matnni ko‘chiring, gaplarning bog‘lanishiga e’tibor
bering. Boshqa bir o‘simlik haqida muhokama matni tuzing.
QIRQBO‘G‘IM
Dala qirqbo‘g‘imi ildizpoyali ko‘p yillik o‘t bo‘lib, daryo,
kanal va ariqlar bo‘yidagi
sernam yerlarda, zovurlar yoqasida,
buloqlar atrofida, marzalarda o‘sadi.
Uning poyasi, shoxlari
serqirra va bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Shuning uchun ham unga
qirqbo‘g‘im deb nom berilgan. Bo‘g‘im oraliqlarining ichi kovak.
Uning shoxlari faqat poya bo‘g‘imlaridan chiqadi va bo‘g‘imlarda
halqa hosil qilib joylashadi. Barglari mayda bo‘lib,
poya va
shoxlardagi bo‘g‘imlarda halqa hosil qilib o‘rnashgan. (
6-sinf
«Botanika» darsligi)
Dostları ilə paylaş: