yostiqqa yonboshlab o‘tirar edi. (Oybek) 3. Beshikdan qabr-
gacha ilm izla. (Hadisdan)
78-mashq.
Berilgan gaplardagi nuqtalar o‘rniga qo‘shimchalardan
mosini qo‘yib ko‘chiring.
1. Yigitlar tinmay sayrayotgan bulbul... (-da, -ga, -dan,
-ni, -ning) quloq solayotgandek, jim qolishdi. (P. Qodirov)
2. Mehnat, mehnat... (-ni, -da, -ning, -ga) tagi — rohat.
(Maqol) 3. Dunyo... (-ni, -dan, -ga, -ning) ishlari... (-ni,
-ga, -da) hayron qolmay ilojing yo‘q. (Tohir Malik)
79-mashq.
-choq, -loq, -ingiz, -dan, -ning, -gani (-kani, -qani)
qo‘shimchalarini lug‘aviy hamda sintaktik shakl yasovchilarga ajrating.
Ular ishtirokida gaplar tuzing.
1. Shakl yasovchi qo‘shimchalar deb qanday qo‘shim-
chalarga aytiladi?
2. Lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalarga misollar ayting.
3. Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar lug‘aviy shakl
yasovchi qo‘shimchalardan oldin kelishi mumkinmi?
80-mashq.
Uyga vazifa. -(i)mtir, -tadan, -guncha, -lar
qo‘shimchalari yordamida so‘z shakllari yasang va ularni gap ichida
keltiring. Shakl yasovchi qo‘shimchalarga tavsif bering.
Namuna: Tong otguncha kitob o‘qib chiqdim.
Topshiriq. Berilgan so‘zlarni ma’noli qismlarga ajrating. Ularni
asos, so‘z yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi, sintaktik shakl yasovchi
turlarga bo‘ling.
Yigitcha, siyohdoni, qalamcha, mashinasozlik, i pakchi-
likdan, bilimdonlar, zakovatli, kitobim.
SO‘Z TARKIBIDA TARTIB
31
BILIB OLING.
So‘zning ma’noli qismlari ma’lum
tartibga ega. Ularning joylashuvi quyidagicha bo‘ladi: asos
+ so‘z yasovchi + lug‘aviy shakl yasovchi + sintaktik
shakl yasovchi. Ularni shartli belgilar orqali shunday
Dostları ilə paylaş: |