Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   170
Ona tili 6 sinf

ko‘rsatish mumkin:
asos + so‘z yasovchi + lug‘aviy shakl yasovchi +
+ sintaktik shakl yasovchi.
81-mashq. 
Nuqtalar o‘rniga berilgan qo‘shimchalardan mosini
tartib bilan joylashtiring.
paxta... (-chilik, -la, -lar, -ga, -ka), terim... (-chi,
-lar, -ga, -don, -paz), do‘st... (-lik, -lar, -larcha), bog‘...
(-don, -bon, -paz, -ga, -da)
82-mashq. 
Berilgan gaplardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni asos
va qo‘shimchalarga ajrating.
1. Boyliging ko‘p bo‘lmasa ham, biliming ko‘p bo‘lsin.
(Maqol) 2. Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi. (Maqol) 3. Yaxshilik
insonning umrini ziyoda qiladi. (Hadisdan) 4. Sizni eshitsak,
aqlimizga aql qo‘shiladi, otaxon, so‘ylayvering. (Said Ahmad)
83-mashq. 
Berilgan so‘zlarning tarkibini aniqlang.
Namuna: ish + chi + lar + imiz.
Oshpazlarga, o‘quvchilarning, maktabning, sinfimizni,
kitobxonlardan, kutubxonaga.
1. So‘z yasovchi qo‘shimchalar asos qismning qaysi to-
moniga qo‘shiladi?
2. Qo‘shimchalarning qaysi turi asosga birinchi bo‘lib
qo‘shiladi?
3. Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha lug‘aviy shakl
yasovchi qo‘shimchadan oldin kelishi mumkinmi?
84-mashq. 
Uyga vazifa. «Konstitutsiya — baxtimiz qomusi» mav-
zusida matn tuzing. Unda ishlatilgan so‘zlarning tarkibidagi qo‘shimchalar
tartibiga e’tibor bering.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~


32
1-topshiriq. Savollarga javob bering.
1. Morfologiyada nimalar o‘rganiladi?
2. So‘z tarkibi haqida nimalarni bilasiz?
3. Qo‘shimchalar deb nimaga aytiladi?
4. Asosga qanday ta’rif bera olasiz?
5. Lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar qaysilar?
6. Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar qaysilar?
2-topshiriq. Quyidagi so‘zlarni asos va qo‘shimchalarga ajrating.
Tarbiyachi, ozchilik, ovoragarchilik, zargar, fidokorlik,
to‘kin-sochinlik, quvonchlarimizni, bayramlarga.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin