29
BILIB OLING.
Asosga qo‘shilib, uning ma’nosiga
qo‘shimcha ma’no yuklash yoki o‘zi qo‘shilayotgan so‘zni
boshqa so‘zga bog‘lash vazifasini bajaruvchi
qo‘shimchalarga shakl yasovchi qo‘shimchalar deyiladi.
75-mashq.
Berilgan matndan shakl yasovchi qo‘shimchalarni
toping.
Bugungi kunda madaniy turmushimizni qog‘ozsiz tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Uzoq o‘tmishda esa qog‘oz bo‘lmagan. Uning
o‘rniga o‘simlik poyalaridan, hayvon terilaridan foydalanilgan.
(«
Vatan tuyg‘usi»)
ESDA TUTING.
Shakl yasovchi qo‘shimchalar vazi-
fasiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: a) lug‘aviy shakl yasovchi-
lar; b) sintaktik shakl yasovchilar.
BILIB OLING.
Asosga qo‘shilib, uning ma’nosiga
qo‘shimcha ma’no yuklovchi qo‘shimchalar lug‘
aviy shakl
yasovchi qo‘shimchalar deyiladi. Ularga ko‘plik, kichray-
tirish-erkalash, qarashlilik, o‘rin-joyga xoslik; sonning
ma’noviy guruhlarini, sifat va ravish darajalarini; fe’lning
bo‘lishsizlik, nisbat, vazifa shakllarini yasovchi qo‘-
shimchalar kiradi.
O‘zi qo‘shilayotgan so‘zni boshqasiga bog‘lash vazi-
fasini bajaruvchi qo‘shimchalar sintaktik shakl yasovchi
qo‘shimchalar yoki munosabat shakllari deyiladi. Ularga
egalik, kelishik, shaxs-son, zamon, mayl va boshqa
qo‘shimchalar kiradi.
76-mashq.
Berilgan gaplarda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalarni
ajratib, ularning qanday ma’nodagi shakl yasayotganligini tushuntiring.
1. Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroyli.
(
Maqol) 2. Jannat onalar oyog‘i ostidadir. (
Hadisdan) 3. Kun-
lar isib, daraxtlar kurtak yozib, qushlar,
qurt-qumursqalar
harakatga kelib qoldi. (
Abdulla Qodiriy) 4. Mashina yigitcha
turgan yerga kelib to‘xtadi. (
Tohir Malik)
77-mashq.
Berilgan gaplardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni asos va
qo‘shimchalarga ajrating. Qo‘shimchalarning turlarini tepasiga yozing.
1.
Tepaliklarda qor
ostidan zanglagan tunuka va temir,
qora va sariq g‘isht, beton
parchalari chiqib turar edi. (
Abdulla
30
Qahhor) 2. Nuri
giloslar ostiga qo‘yilgan panjaralari ko‘k bo‘yoq
bilan
sirlangan katta yog‘och karavotga qalin ko‘rpacha yoyib,
Dostları ilə paylaş: