Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik


bo‘lmaydigan, bitta so‘roqqa javob bo‘luvchi fe’llar qo‘shma



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   170
Ona tili 6 sinf

bo‘lmaydigan, bitta so‘roqqa javob bo‘luvchi fe’llar qoshma
fe’llar sanaladi. Masalan: sayr etmoq, taq etmoq, olib
kelmoq, bunyod qilmoq.
QO‘SHMA FE’LLAR


80
ESDA SAQLANG.
 Qo‘shma fe’llar ot, sifat, son,
olmosh, ravish, undov va taqlid so‘zlarga qil, et, bol
singari so‘zlarni, fe’l shakllariga kelmoq, ketmoq singari
fe’llarni qo‘shish bilan hosil bo‘ladi. Masalan: tarbiya
qilmoq, eski bolmoq, bir bolmoq, yaxshi chiqmoq, kim
bolmoq, dod solmoq, chirs etmoq kabi.
 Qo‘shma fe’llarning har ikkala qismi o‘zining lug‘aviy
ma’nosini saqlagan bo‘ladi. Masalan: borib keldi (ham
bordi, ham keldi), ikkinchi qismi o‘z ma’nosida
qo‘llanilmaganda, ko‘makchi fe’lli so‘z shakli hosil bo‘ladi.
Masalan: oqib chiqdi (o‘qidi, lekin chiqmadi, balki o‘qishni
tamomladi, tugatdi).
Qo‘shma fe’l qismlari ajratib yoziladi.
201-mashq.
Qo‘shma fe’llarni topib, ularning yasalishini tu-
shuntiring.
1. Õamir yaxshi qorilsa, barakasi ham yaxshi bo‘ladi,—
dedi Matqovul. (Mirzakalon Ismoiliy) 2. Hakim bobo har bir
niholni parvarish qilardi. (Sh. Rashidov) 3. Shunday o‘ylasangiz,
yanglishasiz,— deb e’tiroz bildirdi Abdukarim. (I. Abdurahmonov)
4. Chaqimchilikning oqibati yomom bo‘ladi.
202-mashq. 
Qo‘shma fe’llarni va ko‘makchi fe’lli so‘z
qo‘shilmalarini topib, ularning yasalishini izohlang.
...Choyxonachi yoshi elliklardan oshib qolgan bo‘lsa ham
xuddi o‘smirlarday yengil qadam tashlardi, yugurib-yelardi.
So‘ridagi eskiroq ko‘rpachani darrov yig‘ishtirib olib, supurib,
ko‘z ochib yumguncha yangi yakandoz to‘shab, joy soldi.
Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs, kabobpaz kabob
olib keldi. (Yo‘ldosh Sulaymon)
1. Qo‘shma fe’llar deb nimaga aytiladi?
2. Qo‘shma fe’llar qanday yasaladi?
3. Qo‘shma fe’llarning imlosi haqida so‘zlab bering.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin