79
199-mashq.
Sodda yasama fe’llarni
aniqlang, ularning yasalishini
tushuntiring.
1. Ko‘klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda. (
Mir-
temir) 2. Õadichaning uzunchoq sarg‘ish yuzi qizardi.
(
O‘. Hoshimov) 3. Usta temirni cho‘g‘ga solib bolg‘alaydi,
cho‘zadi, yassilaydi, yana olovga soladi. (
Oybek) 4. Bir-birimiz
bilan tezda eski qadrdonlardek suhbatlashdik. (
G‘afur G‘ulom)
5. Mirtursun Õalifaning terakzoriga yaqinlashgach,
u qadamini
sekinlatdi. (
X. Sultonov)
1. Fe’llar tuzilishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi?
2. Sodda tub fe’llarga ta’rif bering.
3. Sodda yasama fe’llarga misollar keltiring.
200-mashq.
Uyga vazifa. Ko‘chiring. Sodda fe’llarni topib,
tagiga
chizing.
1. Peshonangiz devorga qarsillab urilgandan keyin
esingiz kiradi. Sizni ko‘p laqillatishdi. (
Said Ahmad) 2. Nihoyat,
ko‘prik
ortda qoldi, guvullash tindi. (
P. Qodirov) 3. Izg‘irindan
ko‘zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g‘irchillaydi. (
O. Yoqubov)
4. Chollar
kulgudan qotib qoldilar, ularning burushgan yuzlari
ruhlanib, ko‘zlarini kulgu namladi. (
Oybek) 5.
Dunyoda pok
odamlar qanchalik ko‘paysa, nopok odamlar shunchalik ka-
mayadi. (
X. Sultonov)
1-t o p s h i r i q .
Yangilamoq va
yangi bo‘lmoq fe’llarini bir-biriga
solishtiring, ular o‘rtasidagi farqlarni ayting.
2-t o p s h i r i q .
Onam bilan miriqib suhbatlashdim gapi tarkibidagi
fe’lni
suhbat qurdim shakliga o‘zgartiring. Buning gap ma’nosiga ta’sir
qilishi yoki qilmasligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring.
BILIB OLING.
Birdan ortiq asosdan tashkil topib,
asoslar orasiga boshqa qo‘shimchalarni qo‘shib
Dostları ilə paylaş: