Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   170
Ona tili 6 sinf

1-t o p s h i r i q .  Berilgan fe’llarni tarkibiy qismlarga ajrating.
O‘yladim, ko‘rding, yozdi, chiqsin.
2-t o p s h i r i q . Fe’lning asos qismiga qo‘shilgan qo‘shimchalarning
vazifalarini ayting.
BILIB OLING.
 Fe’l asoslariga qo‘shilib, gapda kesim
vazifasida qo‘llanilishiga xoslovchi shakllar fe’llarning mu-
nosabat shakllari hisoblanadi.
Fe’llarning zamon, mayl, shaxs-son qo‘shimchalari
munosabat shakllari sanaladi. Bu shakllarga ega bo‘lgan
har qanday fe’l gapda kesim vazifasida keladi. Yuqori-
dagi ma’no va shakllardan xoli bo‘lgan fe’l asosi fe’lning
noaniq shakli hisoblanadi va bu shakl -moq qo‘shimchasi
yordamida ifodalanadi.
212-mashq. 
Fe’lning quyidagi noaniq shakllarini zamon bildi-
ruvchi shakllariga aylantiring.
Eshitilmoq, o‘lchamoq, kesmoq, toshmoq.
213-mashq. 
Matnni o‘qing, fe’llarni tarkibiy qismlarga ajrating.
Asosga qo‘shilib kelayotgan munosabat shakllarini izohlang. Fe’llarning
noaniq shaklini belgilang.
Mirsodiq ko‘chaning ikki betidagi turnaqator fonarlar
nurida eron gilamidek tovlanib yotgan bu gullarga suq bilan
FE’LLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI


86
tikilib borar ekan, bir shoxi singan na’matakka ko‘zi tushib
qoldi. Qaysi bag‘ritosh sindirdi ekan? U yaqinroq kelib qaradi,
yo‘q, sinibdi-yu, uzilmabdi. Quyoshga tomon bo‘y cho‘zib
qaddini rostlab boryapti. Mirsodiq jilmayib qo‘ydi. U, albatta,
o‘sadi, ulg‘ayadi. U ochgan gullarining muattar hidi kishilar
chehrasiga tabassum, shodlik baxsh etadi, qalblarini ravshan
qiladi. Hayot qonuni shunday! (O‘. Umarbekov)
214-mashq.
Ko‘paydilar, qilmaslar, saqlaning, topdik, keltirishdi,
ketishmoqda  fe’llarini tarkibiy qismlarga ajrating. Munosabat bildiruv-
chi qo‘shimchalarni aniqlang va bu qo‘shimchalarni olgan so‘zlar
ishtirokida gaplar tuzing.
1. Fe’lning noaniq shakli deb nimaga aytiladi?
2. Fe’lning munosabat shakllari haqida so‘zlab bering.
3. Fe’lning noaniq shakliga munosabat shakllari qanday
qo‘shiladi?

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin