Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   170
Ona tili 6 sinf

289-mashq. 
Uyga vazifa. O‘zingiz yashayotgan joydagi muassasa,
korxona, tashkilotlarning nomlarini yozing.
T o ð s h i r i q . Qanday tarixiy sana va bayramlarni bilasiz? Ular-
ning nomini yozing va imlosini tushuntiring.
BILIB OLING.
 Òarixiy sana va bayramlarning nom-
lari tarkibidagi birinñhi so‘z bosh harf bilan yoziladi.
290-mashq.
 Gaðlarni ko‘ñhiring. Òarixiy sanalar va bayram nom-
larini toðib, ularga izoh bering.
1. Ramazon kirdi... Dadam meni bozorshabga olib bordi.
(Abdulla Qahhor) 2. Aytganingiz kelsin, — dedi onamning
ñhehrasi oñhilib,— hamal-amal, o‘lmagan qul bahorni ham
ko‘radi. Navro‘z keladi... Navro‘z so‘zini eshitib, yuragim
to‘lqinlanib ketdi. (N. Safarov) 3. Yangi yilda uyimizga, baxsh
etib zavq-u safo. Kirib keldi hassasini do‘qillatib Qorbobo.
(H. Imonberdiyev)
291-mashq. 
Bayram nomlarini o‘qing. Ularning mohiyatini tu-
shuntirib bering.
O‘zbekiston Resðublikasi hududida quyidagi kunlar bayram
(dam olish) kunlari deb belgilangan.
1-yanvar — Yangi yil; 8-mart — Õalqaro xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navro‘z bayrami; 9-may — Xotira va qadrlash
kuni; 1-sentabr — Mustaqillik kuni; 8-dekabr — Konstitutsiya
kuni; 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni; Ro‘za hayiti;
Qurbon hayiti (kunlari o‘zgarib turadi).
292-mashq. 
Matnni o‘qing. Mustaqillikning nima uñhun bayram
qilinishi haqida suhbatlashing.
Resðublika Oliy Kengashining ÕII ñhaqiriq navbatdan
tashqari oltinñhi sessiyasida O‘zbekiston Resðublikasining davlat
mustaqilligi e’lon qilindi va 1-sentabr O‘zbekiston Resðublika-
TARIXIY SANA VA BAYRAM NOMLARI


116
sining Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. 1991-yildan boshlab bu
kun mamlakatimizning bosh bayrami sifatida katta tantanalar
bilan nishonlanib kelinmoqda.
1. O‘zbekiston Resðublikasida qanday kunlar bayram kunlari
deb e’lon qilingan?
2. Qanday tarixiy sanalarni bilasiz?
293-mashq. 
Rasm asosida «Assalom, Navro‘z!» mavzusida matn
tuzing. Navro‘zni sharq xalqlari qanday kutib olishi haqida so‘zlab
bering.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin