bitganim xatodir). Yuqoridagi jumlada (shunday) havola bo‘lagi o‘rnida (ul) ko‘rsatish olmoshi qo‘llangan, -ki yuklamasi o‘rnida esa –kim olmoshi ishtirok
etgan. Demak, ushbu gap bir havola bo‘lakli aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap
hisoblanadi.
Holim sharhiki bas uzundir, Bu turfaki, dam-badam fuzundur. (Layli va Majnun 110-bet)
(Holim sharhu izohi o‘ta uzun bo‘lib, qizig’i shundaki, dam badam bu uzayib bormoqda). Ushbu gapda (shundaki) olmoshi ishtirok etgan bo‘lib, bir
havola bo‘lakli kesim ergash gapni hosil qilgan.
Har necha emas manga bu oson, Lekin sanga bordur asru oson. (Layli va Majnun 88-bet)
(Bu menga qanchalik mushkul bo‘lsa, senga shunchalik osondir). Ushbu
gapning ergash gap qismida qanchalik olmoshi ishtirok etgan bo‘lib, unga monand
ikkinchi qismda, ya’ni bosh gap qismida shunchalik olmoshi ishtirok etgan.
Yuqoridagi qanchalik – shunchalik havola bo‘laklari ikki havola bo‘lakli o‘lchov
– daraja ergash gapli qo‘shma gapni hosil qilgan. Ushbu gapda havola bo‘laklar
qo‘shma gapning har ikkala qismida qo‘llanganligi uchun havola bo‘laklar realdir.
Bosh gapdagi havola bo‘lak ergash gapdagi havola bo‘lakga teng kelganligi
sababli, havola bo‘laklar o‘zaro simmetrikdir.
Ey po‘yada markabingg’a ta’jil Ollingda haqir payki Jibril. (Layli va Majun 127-bet)
(Sening uloving yugurdaklikda shu darajadaki, oldingda elchi Jabroil ham nochor bo‘lib qoladi). Yuqoridagi gapda shu olmoshi va bosh gap kesimi
29
tarkibidagi –ki yuklamasi qo‘llanilgan bo‘lib, ushbu gap bir havola bo‘lakli
o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gap sanaladi.
Fahm ettiki jilva qilmish oyin, Shodurvoni jalolu tamkin (Layli va Majnun 134-bet)