Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1071-1078 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 1073 www.ares.uz O’quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan
kompetensiyalar tayanch kompetensiya, faqat o’quv fani orqali shakllantiriladigan
kompetensiyalar xususiy kompetensiyalar deyiladi.
Ma’lumki, umumiy o’rta ta’lim maktablari zimmasiga ta’lim-tarbiya jarayoni
orqali o’quvchilarda tayanch kompetensiyalar, jumladan, kommunikativ, axborot
bilan ishlay olish, shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik,
umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor
bo’lish hamda foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish vazifasi yuklatilgan[5].
Zamonaviy yondashuvlar o’qitish jarayonida pedagogik va axborot
texnologiyalarini o’zaro integratsiyalash orqali o’quvchilarda tayanch va fanga oid
xususiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida
kompetensiyaviy yondashuvni kasbiy ta’lim, umumta’lim fanlari standartlari
mazmuniga kiritish tamoyillari, ularning pedagogik tizim bo’g’inlaridagi
o’zgarishlarga ta’siri, psixologik va metodologik asoslari va xususiyatlari, mustaqil
ravishda ta’lim natijalariga erishish konsepsiyasi, kompetensiyaviy yondashuv
talqini, shaxsni rivojlantirishga yo’naltirilgan, ijtimoiy va ma’lum bir sohadagi
faoliyatga doir kompetensiyalarga oid ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
O’qituvchilarning kompetentligini oshirishning o’quv-metodik ta’minoti
sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar, amaliy mashg’ulotlarning virtual
shakllarini joriy etish, kasbga yo’naltirilgan fanlarni o’qitishdagi kompetensiyaviy
yondashuvlar, fanlararo bog’liqlikni aks ettiruvchi amaliy mashg’ulotlar asosida
o’qitish ta’limning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda[6].
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasida - uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o’qitish
metodikasini takomillashtirish, asosiy fanlarni chuqur o’rganishga e’tiborni qaratish,
davlat ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan kompetensiyalarga asoslangan pedagogik
faoliyatni baholash mezonlarini ishlab chiqish kabi vazifalar belgilangan[2].
Bu esa ushbu fanlar misolida o’qitish metodikasini takomillashtirishga
yo’naltirilgan ta’lim mazmuni va o’quvchilarning kompetentligini rivojlantirishdagi
zaruriy tayanch va fanga oid kompetensiyalar tarkibini aniqlashtirish, tayanch va
fizika faniga oid umumiy kompetensiyaviy yondashuvlar asosida o’quvchilarning
kompetentligini rivojlantirish modeli va metodlarini takomillashtirish zaruratini
asoslaydi.