Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish


Umumiy va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix10.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#61147
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish

Umumiy va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar korxonada ishlab chiqarish 
rivojlanishining yo’nalishi va darajasini aks ettiradi. Bunday ko’rsatkichlar 
qatoriga ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi, mehnat, tannarx va jamg’armalar 
bo’yicha ko’rsatkichlarni kiritish mumkin. 
Xususiy ko’rsatkichlar umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar asosini tashkil 
qiluvchi alohida elementlarni, masalan, material, yoqilg’i, energiya va shu 
kabilarning mahsulot tannarxidagi salmog’ini tavsiflaydi. Shuningdek, bu 
ko’rsatkichlar asosiy ko’rsatkichlar darajasiga ta’sir o’tkazuvchi alohida omillarni 
ham tavsiflab beradi. Masalan, yordam ko’rsatuvchi ishchilar salmog’ining 
mehnat, ishlab chiqarishi darajasiga ta’siri; asbob-uskunalarni ish bilan ta’minlash 
koeffisiyentining ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi va korxona ishlab 
chiqarish dasturining bajarilishiga ta’siri; xom ashyo va materiallardan foydalanish 
koeffisiyentining mahsulot tannarxi pasayishiga ta’siri va hokazolar. 
Umumlashtiruvchi hamda xususiy ko’rsatkichlar ikkita kategoriyaga - miqdor 
(absolyut) va sifat (nisbiy) kategoriyalariga bo’linishi mumkin. 
Miqdor ko’rsatkichlari korxonaning ishlab chiqarish va xo’jalik yuritish 
faoliyatini hajm o’lchamida izohlaydi. Bunday ko’rsatkichlar qatoriga ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori, ishlayotgan xodimlar soni va mehnatga haq 
to’lash fondi, mashina va asbob-uskunalar parki, ishlab chiqarish dasturini amalga 
oshirish uchun zarur bo’lgan materiallar miqdori, sex hamda ish joylari soni va 
hokazolarni kiritish mumkin. 
Sifat ko’rsatkichlari korxonaning ishlab chiqarish faoliyatidagi o’zgarishlarni 
nisbiy kattaliklar: mehnat mahsuldorligining o’sishi, mahsulot tannarxining bazis 
davrga (yoki reja hisobotiga) nisbatan foizlarda kamayishi, mahsulotning to’liq 


tannarxiga nisbatan foizlarda daromad hajmi, korxona rentabellik darajasining 
o’sishi va shu kabilar yordamida tavsiflaydi. 
Sifat ko’rsatkichlari aksari hollarda pul qiymatida ifodalanishi sababli, 
korxonalarning xo’jalik faoliyatini rejalashtirish va tahlil qilish amaliyotida asosiy 
va aylanma fondlar, asbob-uskunalar, sarflanayotgan yoqilg’i, energiya va boshqa 
materiallar kabi qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Qiymat ko’rsatkichlari 
korxona faoliyatida qo’llaniluvchi turli xildagi vositalarni statika va dinamikada 
taqqoslash imkonini beradi. Bundan tashqari, soliqlar va turli xil to’lovlar hamda 
korxona daromadi foizlardan tashqari pul ko’rinishida ham o’lchanadi. 
Korxona faoliyatini rejalashtirish korxona va uning bo’linmalari faoliyatini 
tahlil qilishdan boshlanishini aytib o’tish muhim. Mazkur tahlil davomida rejaning 
sifat, miqdor va qiymat ko’rsatkichlari bo’yicha bajarilishiga baho beriladi hamda 
talofat va yo’qotishlar aniqlanib, korxona faoliyatini yaxshilash bo’yicha chora-
tadbirlar ishlab chiqiladi. Aynan shu chora-tadbirlar va yangi maqsadlardan kelib 
chiqqan holda joriy rejalashtirish amalga oshiriladi hamda yangi reja davriga 
korxona faoliyati rejalari ishlab chiqiladi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin