Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/17
tarix10.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#61147
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish



Ma'ruza 4. KORXONA FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA 
BASHORAT QILISH 
4.1. 
Iqtisodiyotni 
modernizasiyalash 
sharoitida 
biznes-rejalashtirish 
korxonani boshqarishdagi muhim qurol sifatida
4.2. Korxonada rejalashtirishning uslubiy asoslari, tamoyillari va vazifalari. 
4.3. Korxonalarda rejalashtirish va bashorat qilish. 
4.4. Rejalashtirish texnologiyasi va korxona rejalari tuzilmasi. 
4.5. Biznes-reja, uning mazmuni va ishlab chiqish tartibi. 
 
4.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida rejalashtirish va bashorat
qilishning iqtisodiy tabiati va obyektiv zaruriyati 
Iqtisodiyot bo’yicha zamonaviy adabiyotlarda va qo’llanmalarda reja-
lashtirishga mo’ljallangan ish yoki ma’lum bir harakatlarni bajarish muddati
tartibi va ketma-ketligini ko’zda tutuvchi chora-tadbirlar tizimi sifatida izoh 
berilgan. Har bir inson o’z ish kuni, dam olish kuni, bayramlar, yozgi ta’til, to’y va 
boshqa tadbirlarni qanday o’tkazishni reja-lashtiradi. Aynan rejalashtirish va 
bashorat qilish yo’li bilan korxonalar nimani, kim uchun, qachon va qancha 
mahsulot ishlab chiqarish, qaysi hamkorlar yoki sheriklar bilan shartnoma tuzish 
yoki kooperasiyani rivojlantirish, zarur bo’lgan moddiy-tovar boyliklari zahirasini 
yaratish kabi bir qator masalalarni hal qiladi. 
Bozor munosabatlariga o’tgandan so’ng rejalashtirish bir oz yoddan ko’tarilib 
qoldi. Hattoki rejalashtirish xo’jalik yuritishning bozor mexanizmiga to’g’ri 
kelmaydi yoki bozor rejalashtirishga ziddir, degan fikrlar ham paydo bo’ldi. 
Deyarli har bir korxonaga “yuqoridan” direktiva vazifalari, nazorat raqamlari, 
qat’iy normativ va limitlarni belgilab beruvchi rejalashtirish, haqiqatdan ham bozor 
mexanizmiga to’g’ri kelmaydi va korxonalarning mustaqilligini yo’qqa chiqaradi. 
Shu sababli O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar to’g’risida”gi qonunida, 
korxonalarning iste’molchilar talabi, foyda yoki daromad olish nuqtai nazaridan 


o’z faoliyatini mustaqil ravishda tanlashi va ishlab chiqarishni rivojlantirish 
istiqbollarini belgilab olishi ko’rsatilgan. 
Xalq maqollarida aytilganidek, “tog’oradagi suvni ichidagi bola bilan birga 
sepib yuborish yaramaydi”. Avvalgi xo’jalik yuritish tizimida mavjud bo’lgan, 
“markaz” dan boshqariluvchi markazlashgan rejalashtirishni inkor qilish bilan 
rejalashtirishdan umuman voz kechish mumkin emas. 
Rejalashtirish tufayligina korxonalar ishlab chiqarishni tashkil etish va 
texnologiyalarning optimal varinatlarini tanlaydi, resurslar bilan o’z vaqtida 
ta’minlash vazifasini bajaradi, asosiy va aylanma vositalarga ehtiyojni belgilab 
beradi, mahsulotni sotish kanallari va usullarini aniqlaydi. Bundan tashqari, 
rejalashtirish ishlab chiqarish zahiralari va raqobatdagi ustunliklardan maksimal 
darajada foydalanish, iqtisodiyotdagi yangi oqimlarni anglab olish, korxona 
faoliyatidagi kamchiliklarni yo’qotish va turli xil tavakkalchiliklarni kamaytirishga 
imkon beradi. Har bir korxonani tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi aynan 
rejalashtirishdan boshlanadi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin