“Tavakalchilik va sug’urtalashni baholash” bo’limi ikki qismga bo’linadi.
Birinchi qismda tavakkalchilikning barcha turlari (yong’in, zilzila, soliqni
boshqarishdagi o’zgarishlar va valyuta kursining tebra-nishi) oldindan hisoblab
chiqiladi. Ikkinchi qismda esa tavakkalchilik xavfining oldini olish, ya’ni
tavakkalchilik va zararlarni qisqartirish chora-tadbirlari ko’rsatiladi, shuningdek,
tavakkalchilik xavfidan sug’urta-lash dasturi amalga oshiriladi.
Moliyaviy reja biznes-rejaning yakunlovchi bo’limi bo’lib, korxona
faoliyatining natijalarini tavsiflaydi. U quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
- savdo hajmining bashorati;
- pul daromadlari va xarajatlari balansi;
- foyda va zarar bo’yicha reja.
Mazkur rejaning ko’rsatkichlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
- tovarlarni sotishdan tushgan daromad;
- ishlab chiqarish xarajatlari;
- savdodan tushgan umumiy foyda;
- sof foyda;
- korxona aktiv va passivining solishtirma balansi;
- zararsizlikka erishish grafigi.
Shuningdek, mazkur bo’limda ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki
kegaytirish uchun mablag’ jalb qilish rejalari ham ifodalanadi. Bo’limda
korxonaning moliviy barqarorligi yoki nochorligini aniqlash imkonini beruvchi
maxsus ko’rsatkichlar hisob-kitobi ham keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: |