Rejalarning har bir turi kabi, biznes-reja ham, bo’lim va ko’rsatkich-lardan
iborat bo’ladi. O’ntagacha bo’limni o’z ichiga oluvchi biznes-reja mazmuni va
tuzilishiga ko’ra, eng maqbul hisoblanadi. Mavjud adabiyotlarda quyidagi
bo’limlarni o’z ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif qilinadi:
1. Tanlangan biznes konsepsiyasi.
2. Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar).
3. Tashkil qilinayotgan korxona va uning mahsulot hamda xizmatlari
tavsifnomasi.
4. Boshqaruv (menedjment).
5. Bozor tadqiqoti va tahlili.
6. Marketing harakatlari rejasi.
7. Ishlab chiqarish rejasi.
8. Tavakkalchilikni baholash.
9. Moliyaviy reja.
10. Biznes-loyihaning samaradorligi.
Tanlangan biznes yo’nalishining konsepsiyasini tuzishda uning raqo-
batbardoshligi (sifat, narx, iste’molchiga yetkazib berish shakli, tayyorlash
texnologiyasi va hokazo); mablag’larga bo’lgan ehtiyojlar; o’ziga jalb qilish-ning
asoslanganligi (taklif qilinayotgan mahsulotning boshqa mahsulotlar-dan
afzalliklari, mahsulot ishlab chiqarishning qaysi bosqichda ekanligi va hokazo) ga
katta e’tibor qaratish lozim.
Dostları ilə paylaş: