Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix10.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#61147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish

Rejalashtirish tartibga soluvchi jarayon sifatida korxona faoliyatini yaqin va 
uzoq istiqbol sari ilgari surish, asoslab berish, muayyanlashtirish va izohlab 
berishni ifodalaydi. Oxirgi holatda gap korxona faoliyatini bashorat qilish haqida 
borishi mumkin. Bashorat qilishni rejalashtirishning boshlanishi va uzoq muddatli 
istiqbolga mo’ljallangan davomi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Rejalashtirish va 
prognozlashtirish o’zaro aloqada bo’lgan ikkita jarayon bo’lib, xo’jalik faoliyatini 
avvaldan bajarilgan hisob-kitoblar, eng kam tavakkalchilik va eng yuqori 
natijalarga erishish asosida yuritishni ko’zda tutadi. 
Rejalashtirish korxona tomonidan bajariluvchi vazifalar muayyanlashtirilgan 
rejalarda o’z aksini topadi. Bozor iqtisodiyotida reja “yot unsur” yoki “yuqoridan” 
keluvchi buyruq sifatida qabul qilinishi sababli, hozirgi xo’jalik yuritish faoliyatida 
indikativ reja va prognoz deb nomlanuvchi, lekin mohiyatiga ko’ra 
rejalashtirishning 
barcha 
hollarda 
obyektiv 
zaruriyatini 
tasdiqlovchi 
tushunchalardan foydalaniladi. Demak, rejalashtirish, jumladan, indikativ reja va 
prognoz – bu, korxonalarning xo’jalik faoliyati uchun mahsulot ishlab chiqarish va 


uni sotish uchun barcha omillardan foydalanish va tayyorgarlikning o’z vaqtida 
bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan qulay sharoitlarni yaratishdir. 
Reja va rejalashtirish orasidagi farqni anglash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Rejalashtirish indikativ reja yoki prognoz kabi rejalarni ishlab chiqish jarayoni 
bo’lsa, reja korxonaning ma’lum bir vaqt mobaynida amalga oshiruvchi texnik-
iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’zida aks ettiruvchi hujjatni ifodalaydi. Boshqacha qilib 
aytganda, reja – bu, korxonaning maqsadli funksiyalari va ularni amalga oshirish 
yo’llarini belgilab beruvchi rejalashtirishning moddiylashgan shaklidir. Shu tariqa 
rejalashtirish bozor va bozor mexanizmiga qarama-qarshi bo’lmasdan, aksincha
ishlab chiqarishning maqbul yo’nalishlarini aniqlash, foydalanilmagan zahira va 
imkoniyatlarni qo’llash, korxonaning oqilona baho siyosatini shakllantirish hamda 
xo’jalik yuritish aloqalarining samarali shakllarini o’rnatishga ko’maklashadi. 
Rejalashtirish va bashorat qilish yordami bilan ichki va tashqi bozordagi 
iste’molchilar talabi aniqlanadi, korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati 
kuchaytiriladi. 
Biroq 
rejalashtirish 
imkoniyatlarini 
mobilizasiya 
qilish 
rejalashtirishning o’zidagina ifodalanmaydi. 
Rejalashtirish odamlar, birinchi o’rinda mutaxassislar tomonidan amalga 
oshirilishi sababli istalgan reja yoki prognozning hayotga tatbiq etilishi ko’p 
jihatdan iqtisodchilarning malakasiga, ular rejalashtirish-ning uslubiy asoslarini 
yaxshi bilishiga, shuningdek, ishlab chiqarish reja-larining bozor talablarini hamda 
korxonaning mo’ljallangan daromadga erishishini hisobga olishiga ham bog’liq. 
Rejani ishlab chiqish qanchalik asoslab berilgan bo’lsa, uning haqiqiyligi va 
iqtisodiyotdagi ahvol bilan bog’liqligi shunchalik yuqori bo’ladi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin