uni sotish uchun barcha omillardan foydalanish va tayyorgarlikning o’z vaqtida
bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan qulay sharoitlarni yaratishdir.
Reja va rejalashtirish orasidagi farqni anglash muhim ahamiyat kasb etadi.
Rejalashtirish indikativ reja yoki prognoz kabi rejalarni
ishlab chiqish jarayoni
bo’lsa,
reja korxonaning ma’lum bir vaqt mobaynida amalga oshiruvchi texnik-
iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’zida aks ettiruvchi hujjatni ifodalaydi. Boshqacha qilib
aytganda, reja – bu, korxonaning maqsadli funksiyalari va ularni amalga oshirish
yo’llarini belgilab beruvchi rejalashtirishning moddiylashgan shaklidir. Shu tariqa
rejalashtirish bozor va bozor mexanizmiga qarama-qarshi bo’lmasdan,
aksincha,
ishlab chiqarishning maqbul yo’nalishlarini aniqlash, foydalanilmagan zahira va
imkoniyatlarni qo’llash, korxonaning oqilona baho siyosatini shakllantirish hamda
xo’jalik yuritish aloqalarining samarali shakllarini o’rnatishga ko’maklashadi.
Rejalashtirish va bashorat qilish yordami bilan
ichki va tashqi bozordagi
iste’molchilar talabi aniqlanadi, korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati
kuchaytiriladi.
Biroq
rejalashtirish
imkoniyatlarini
mobilizasiya
qilish
rejalashtirishning o’zidagina ifodalanmaydi.
Rejalashtirish odamlar, birinchi o’rinda mutaxassislar
tomonidan amalga
oshirilishi sababli istalgan reja yoki prognozning hayotga tatbiq etilishi ko’p
jihatdan iqtisodchilarning malakasiga, ular rejalashtirish-ning uslubiy asoslarini
yaxshi bilishiga, shuningdek, ishlab chiqarish reja-larining bozor talablarini hamda
korxonaning mo’ljallangan daromadga erishishini hisobga olishiga ham bog’liq.
Rejani ishlab chiqish qanchalik asoslab berilgan bo’lsa,
uning haqiqiyligi va
iqtisodiyotdagi ahvol bilan bog’liqligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: