Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish


Texnik-iqtisodiy rejalashtirish



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix10.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#61147
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish

Texnik-iqtisodiy rejalashtirish korxona faoliyatining barcha (iqtisodiy, 
texnik, ijtimoiy va hokazo) jihatlarini qamrab oluvchi rejalashtirish turi bo’lib, 
asosan bir yilga mo’ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasi shaklida 
amalga oshiriladi. Mazkur rejalashtirish turining soddalashtirilgan ko’rinishi 
ko’pincha korxona faoliyatining yillik rejasi deb ataladi. 
Tezkor-ishlab chiqarish rejalashtirish texnik-iqtisodiy rejalash-tirishning 
davomi bo’lib, korxona faoliyati yillik rejasini yanada qisqaroq muddatga - sutka, 
o’n kunlik, oyga bo’lib muayyanlashtirish bilan tavsiflanadi. Tezkor-ishlab 
chiqarish rejalashtirish-kalendar rejalashtirish va dispetcherlashdan iborat bo’ladi. 
Kalendar rejalashtirishda korxona yillik rejasida va birinchi o’rinda ishlab 
chiqarish dasturi (mahsulot tayyorlash rejasi) ni o’n kunlik, hafta, kun va smena 
bo’yicha aniqlashtirish hamda bu ko’rsatkichlarni bajaruvchilarga yetkazish ko’zda 
tutilgan. 
Dispetcherlashtirish oylik, o’n kunlik, kunlik sutka-smenalik rejalarni 
bajarishni tezkor boshqarishda ifodalanadi. Shuni qayd qilish kerakki, yuqorida 
ko’rsatib o’tilgan rejalashtirish turlari asosan mashinasozlik, samolyotsozlik, 


avtomobilsozlik kabi sohalarning yirik va ba’zi hollarda o’rta korxonalari uchun 
xosdir. Garchi, biznes-reja hozirgi kunda “ommaviy” bo’lib yirik va o’rta 
korxonalarda qo’llansada, asosan ishlab chiqarish hajmi katta bo’lmagan hamda 
xodimlar soni 100 kishigacha bo’lgan kichik korxona va mikrofirmalar biznes-
rejalar asosida faoliyat yuritadi. 
Hozirgi paytda iqtisodiyotga oid bo’lgan adabiyotlarda rejalashtirishga 
nisbatan strategik, uzoq muddatli, qisqa muddatli va joriy rejalashtirish kabi 
tushunchalar qo’llanmoqda. Ularning har biri o’z shakli, ko’rsatkichlarni ishlab 
chiqish va hisoblash usullariga ega. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin