Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/17
tarix10.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#61147
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish

Strategik rejalashtirish xo’jalik yuritishning bozor tizimidagina vujudga 
kelib, 10-14 yillik davrni o’z ichiga oladi. U korxona rahbariyati-ning mas’uliyatli 
vazifasi hisoblanadi hamda rivojlanishning ustivor yo’nalishlarini topish va 
bozorda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan talabni inobatga olgan holda resurs bilan 
ta’minlashga qaratilgan. 
Strategik rejalashtirish asosida yaqin 3-4 yilga mo’ljallangan uzoq muddatli 
rejalashtirish amalga oshiriladi. U korxona faoliyatining ishlab chiqarish, sotish, 
xarajatlar, moliya kabi turlarini o’z ichiga oladi hamda o’z mazmuni va maqsadli 
funksiyalariga ko’ra, strategik rejalash-tirishdan farq qilmaydi. 
Qisqa muddatli rejalashtirishda korxona faoliyati va rivojla-nishi 1-3 yilga 
mo’ljallab rejalashtiriladi. Uning o’ziga xosligi shundaki, birinchi yil 
ko’rsatkichlari har chorakda, ikkinchi va uchinchi yil ko’rsatkichlari esa har yarim 
yil yoki bir yilda aniqlashtiriladi va to’g’rilashlar kiritilib boriladi. Buning maqsadi 
sifatida esa, reja ko’rsatkichlarining iqtisodiy muhit, bozor va fan-texnika 
taraqqiyotida yuz berayotgan o’zgarishlarni to’laroq aks ettirishga intilishni 
ko’rsatish mumkin. 
Bozor munosabatlarida raqobatchilikni kuchaytirish hamda xo’jalik yuritish 
va hayotiy jarayonlar dinamikasi hisobiga joriy rejalashtirish amalga oshirilib
unga choraklarga bo’lingan yillik rejalar asos qilib olinadi. Ushbu rejalar qoidaga 
ko’ra, o’zgaruvchan bo’lib, joriy yilning birinchi uch oyi uchun qat’iy, hayotiy 
ko’rsatkichlar belgilanib, keyingi to’qqiz oy davomida ularga to’g’rilashlar 


(korrektirovka) kiritiladi. Ular qisqa muddatli rejalarga qaraganda, ayniqsa, ishlab 
chiqarish harakati va moddiy-tovar boyliklari zahirasi, bahoni shakllantirish 
qismida yanada aniqroq hisoblanadi. Umuman olganda, korxonaning turli bo’lim 
va xizmatlari vazifalari bunday rejalarda o’zaro bog’lanadi. 
Rejalashtirishning istalgan turi korxona faoliyatining biron-bir jihatini aks 
ettiruvchi, umumiy va xususiy, sifat va miqdor ko’rsatkich-lariga asoslanadi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin