uzilishining oldini olishni ko’zda tutamiz. Masalan, o’sha indikativ reja o’z
davomiga ega bo’lishi, ya’ni korxona o’z faolitini yanvar-mart oylariga
rejalashtirganda keyingi davrlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vazifalarni ham,
albatta, bozor kon’yunkturasi, iste’molchilar manfaati va ishlab chiqarish
holatlarining o’zgarishini ko’zda tutishi lozim. Bu vazifa asosan yil davomida
amalga oshiriluvchi rejalarni aniqlashtirish va muayyan-lashtirish yo’li
bilan
bajariladi.
Optimallik ham rejalashtirish tamoyillari qatoriga kiradi. Rejalar barcha
ishlab chiqarish resurslaridan chiqitlar va yo’ldosh mahsulotlardan keng
foydalanishni inobatga olgan holda iloji boricha rasional va unumli foydalanishni
ta’minlashi hamda yuqori natijalarga erishish uchun eng samarali yo’llarni tanlashi
kerak.
Rejalashtirishning optimalligiga iqtisodiy-matematik
usullar va elektron
hisoblash mashinalarini qo’llash, rejalarning bir nechta variantlarini ishlab chiqish
yordamida erishiladi. Ko’p variantlilik eng tejamkor reja varianti yoki korxona
faoliyati dasturini tanlashga imkon yaratadi.
Moslashuvchanlik rejalashtirishning bozor sharoitlaridagi muhim tamoyili
hisoblanadi. U ishlab chiqarish rejalariga o’z vaqtida o’zgartirishlar kiritish,
iste’molchilar va xaridorlar talablarini
hisobga olish, ishlab chiqarishning yuzaga
kelishi mumkin bo’lgan pasayishi va inqiroz-larning oldini olishga yordam beradi.
“Korxonalar to’g’risida”gi qonun ishlab chiqarishni rejalashtirishda ushbu
tamoyilni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratadi. Biroq hyech
qanday tamoyil,
jumladan, yuqorida sanab o’tilgan tamoyillar ham, o’zidan-o’zi,
ya’ni shu tamoyillar uchungina kerak emas. Agar amaliyotda qo’llanmasa bu
tamoyillar faqat qog’ozda qolib ketishi yoki oddiy chaqiriq bo’lib qolishi mumkin.
Shu sababli korxona rahbarining rejalashtirish jarayonini, aniqrog’i, rejaning
bajarilishi hamda rejalashtirishning belgilangan va boshqa tamoyillari qanday aks
ettirilganligini
nazorat qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Nazorat kerakli
natijalarga erishish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan disproporsiyalarni aniqlash va
ularning oldini olish, shuningdek, zahiralarni aniqlash
va ulardan foydalanish
yo’llarini belgilashga imkon berdi.
Dostları ilə paylaş: