Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish


kuchi balansi, ish vaqti balansi, qiymat balansini



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix10.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#61147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish

kuchi balansi, ish vaqti balansi, qiymat balansini ajratib ko’rsatish mumkin. 
Balanslar, qoidaga ko’ra, ehtiyojlar va ularga mos keluvchi resurslarning 


mavjudligi yoki manbalarini o’z ichiga oluvchi, o’zaro moslashuvchi jadval 
shaklida tuziladi. 
Balans usuli normativ usuli bilan birgalikda qo’llanadi. Normativ usulida 
resurslarni sarflashning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan eng yuqori va eng quyi 
chegaralari aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etishda 
norma va normativ kabi tushunchalardan foydalaniladi. 
Norma (me’yor) – bu, belgilangan sifatdagi mahsulot birligi (ish, xizmat) 
tayyorlash uchun sarflanuvchi xom ashyo, material, yoqilg’i, energiya va boshqa 
resurslardan foydalanishning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan maksimal yoki 
minimal chegarasidir. Agar resurslardan foydalanish normalarini kamaytirish 
mahsulot sifatining pasayishiga yoki belgilangan standartlar talablarining 
buzilishiga olib keladigan bo’lsa, u holda bu normalarni kamaytirish mumkin 
emas. 
Normativ – bu, nisbiy kattalik bo’lib, asosan foizlar yoki koeffisiyentlar 
yordamida aks ettiriladi. U mehnat vositalari va predmetlaridan foydalanish 
darajasini, ularning har bir maydon birligi, og’irlik birligi, hajm birligiga 
sarflanishini tavsiflab beradi. Masalan, asosiy fondlarning birlik qiymatiga 
mahsulot ishlab chiqarish (fond qaytimi), sutning moylilik, vinoning spirtlilik 
darajasi (foizlarda), avtomashinaning bosib o’tgan yo’li, avtomobil shinasining 
ekspluatasiyasi va hokazo. 
Norma va normativlar progressiv tavsifga ega bo’lishi, ya’ni ularni ishlab 
chiqishda zamonaviy fan, texnika va texnologiya rivojlanishining darajasi, mehnat 
va ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanish 
hamda ilg’or korxonalarning tajribalarini hisobga olish zarur. Shuningdek, ular 
doimiy ravishda qayta ko’rib chiqilishi, eskirgan norma va normativlar yangi, 
xo’jalik hayoti va davr talablariga javob beruvchi norma va normativlar bilan 
almashtirilishi lozim. 
Norma va normativlar quyidagi asosiy guruhlar asosida ishlab chiqiladi: 


tirik mehnat xarajati normalari (mahsulot biriligiga sarfla-nuvchi ish 
vaqti normasi, vaqt biriligida ishlab chiqarish normasi, xizmat ko’rsatish normasi, 
miqdor normativi); 
moddiy xarajat normalari (xom ashyo, material, yoqilg’i, energiya, 
butlovchi qismlar); 
ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish normativlari (ishlab chiqarish 
siklining davomiyligi, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarish 
zahiralari va hokazo); 
mehnat vositalaridan foydalanish normalari (mashinalar, asbob-
uskunalar, mexanizmlar, qurilmalar); 
korxona, sex, asbob-uskunalarning loyiha quvvatiga chiqish vaqti 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin