- kapital qo’yilmalar hajmi,
jumladan, qo’yilma obyektlari va yo’na-lishlari
bo’yicha;
- yangi texnika va texnologiyaga oid chora-tadbirlar;
- boshqa ko’rsatkichlar (zarurligi va aniqlanishiga ko’ra).
Yangi mahsulotlar va texnologiyalarni qo’llash loyihalari,
shuningdek,
investisiyalar va qurilish bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlarning bir qismi
alohida rejalarga kiritiladi. Ular chora-tadbirlarni
amalga oshirishning butun
davriga tuziladi.
Rejalashtirish tizimi maqbul yo’lga qo’yilganda rejada belgilangan
ko’rsatkichlarning raqamlarda belgilanishi kiritilgan mutlaq kattalik sifatida ko’rib
chiqilishi lozim. Rejalarning bajarilishi ustidan nazorat qilish ko’p hollarda chetga
og’ishlarga
nisbatan yuritilib, ular tahlil qilinadi, chetga og’ishning
sabablari
aniqlanadi hamda chetga og’ishlar salbiy xarakterli bo’lsa, ularga nisbatan zaruriy
choralar qo’llanadi. Rejalashtirishda mohiyatiga ko’ra, korxona oldida turgan
ishlab chiqarish vazifalari va korxonaning iste’molchilar
talabiga munosabatiga
tavsiflovchi buyurtmalar “portfeli”ni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: