Korxona, uning mahsulot va xizmatlari tavsifnomasi bo’limida
korxonaning
joylashgan manzili, bozorga chiqish shakli, bozordagi ulushi, asosiy
raqobatchilari
va ularning kuchli tomonlari, texnologiya darajasi va xarajatlar
tahlili aks ettiriladi.
Mulkchilik shakli, xodimlarning malakasi, tashqi muhit bilan munosa-batlar
“Boshqaruv” bo’limida ko’rsatiladi.
“Bozor tadqiqoti va tahlili” bo’limida tanlangan
bozor asoslab beriladi,
xaridorlarni korxona mahsulotlariga jalb etuvchi raqobatchilik usullari hamda
bozorda bahoni shakllantirish va hokazolar ko’rib chiqiladi.
Marketing rejasining asosiy vazifasi korxonaning bozordagi imkoniyatlariga
baho berishdadir. Marketing rejasining asosiy elementlari sifatida tovarlarni
tarqatish tizimi, bahoni shakllantirish, reklama, savdoni rag’batlantirish
usullari,
sotilgandan keyingi xizmat ko’rsatishni tashkil qilish, korxona (firma) va uning
mahsulotlari haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish kabilarni ko’rsatib o’tish
mumkin.
“Ishlab chiqarish rejasi” potensial xaridorlarga kerakli mahsulotlar hajmini
o’z vaqtida ishlab chiqarish imkoniyatining mavjudligini ko’rsatadi. Mazkur
bo’limda quyidagilar o’z aksini topadi: yangi tashkil
qilingan yoki faoliyat
yuritayotgan korxonada tovar ishlab chiqarish joyi; buning uchun zarur bo’lgan
ishlab chiqarish quvvatlari va ularning o’sish istiqbollari; xom ashyo va material
yetkazib
beruvchilar; ishlab chiqarish kooperasiyasi; ishlab chiqarish oqimlari
tizimini tuzish; sifatni nazorat qilish jarayoni;
foydalaniladigan standartlar;
vujudga kelishi mumkin bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari.
Dostları ilə paylaş: