Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish


Rejalashtirishning uzluksizligi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix10.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#61147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish

Rejalashtirishning uzluksizligi ishlab chiqarishni va umuman, korxona 
faoliyatini tashkil etishning muhim tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyil amalda joriy 
rejalarning istiqboldagi rejalar bilan, istiqboldagi rejalarning esa bashoratlar 
(prognoz) bilan bog’liq bo’lishida o’z aksini topadi. Boshqacha qilib aytganda, 
rejalashtirish qisqa muddatli tavsifga ega bo’lgan indikativ reja tabiatiga mos 
kelmovchi, yanvardan martgacha yoki martdan dekabrgacha, ya’ni “...dan” 
“...gacha” tamoyili asosida amalga oshirilmasligi lozim. Rejalashtirishning “...dan” 
“...gacha” tamoyilini inkor qilganda biz avvalo vaqt bo’yicha rejalashtirish 


uzilishining oldini olishni ko’zda tutamiz. Masalan, o’sha indikativ reja o’z 
davomiga ega bo’lishi, ya’ni korxona o’z faolitini yanvar-mart oylariga 
rejalashtirganda keyingi davrlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vazifalarni ham, 
albatta, bozor kon’yunkturasi, iste’molchilar manfaati va ishlab chiqarish 
holatlarining o’zgarishini ko’zda tutishi lozim. Bu vazifa asosan yil davomida 
amalga oshiriluvchi rejalarni aniqlashtirish va muayyan-lashtirish yo’li bilan 
bajariladi. 
Optimallik ham rejalashtirish tamoyillari qatoriga kiradi. Rejalar barcha 
ishlab chiqarish resurslaridan chiqitlar va yo’ldosh mahsulotlardan keng 
foydalanishni inobatga olgan holda iloji boricha rasional va unumli foydalanishni 
ta’minlashi hamda yuqori natijalarga erishish uchun eng samarali yo’llarni tanlashi 
kerak. 
Rejalashtirishning optimalligiga iqtisodiy-matematik usullar va elektron 
hisoblash mashinalarini qo’llash, rejalarning bir nechta variantlarini ishlab chiqish 
yordamida erishiladi. Ko’p variantlilik eng tejamkor reja varianti yoki korxona 
faoliyati dasturini tanlashga imkon yaratadi. 
Moslashuvchanlik rejalashtirishning bozor sharoitlaridagi muhim tamoyili 
hisoblanadi. U ishlab chiqarish rejalariga o’z vaqtida o’zgartirishlar kiritish, 
iste’molchilar va xaridorlar talablarini hisobga olish, ishlab chiqarishning yuzaga 
kelishi mumkin bo’lgan pasayishi va inqiroz-larning oldini olishga yordam beradi. 
“Korxonalar to’g’risida”gi qonun ishlab chiqarishni rejalashtirishda ushbu 
tamoyilni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratadi. Biroq hyech 
qanday tamoyil, jumladan, yuqorida sanab o’tilgan tamoyillar ham, o’zidan-o’zi, 
ya’ni shu tamoyillar uchungina kerak emas. Agar amaliyotda qo’llanmasa bu 
tamoyillar faqat qog’ozda qolib ketishi yoki oddiy chaqiriq bo’lib qolishi mumkin. 
Shu sababli korxona rahbarining rejalashtirish jarayonini, aniqrog’i, rejaning 
bajarilishi hamda rejalashtirishning belgilangan va boshqa tamoyillari qanday aks 
ettirilganligini nazorat qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Nazorat kerakli 
natijalarga erishish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan disproporsiyalarni aniqlash va 


ularning oldini olish, shuningdek, zahiralarni aniqlash va ulardan foydalanish 
yo’llarini belgilashga imkon berdi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin