Maxsus pedagogika - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kam-
chiliklari bor bolalarning rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadi-
gan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fandir. Korrek-
siya so‘zi lotincha-tuzatish, bartaraf etish degan so‘zlardan olingan.
Har qanday fanning o‘z predmeti, maqsadi, vazifalari bo‘lgani
kabi, maxsus pedagogika fanining ham o‘z predmeti, maqsadi, vazi-
falari mavjud. maxsus pedagogika fanining mavzu bahsi, predmeti
jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalardir. Max-
sus pedagogika fanining vazifasi-nuqsonlarning kelib chiqish sabab-
lari, turlarini, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixofizio-
logik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganish, shular asosida ular
uchun differensial yoki integratsiyalashgan, inkluziv sharoitda ta’-
limni tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyasi, ijtimoiy adaptatsiyasi
(moslashuvi) reabilitatsiyasi, ijtimoiylashuvi bilan shug‘ullanishdir.
Maxsus pedagogika fanining maqsadi – rivojlanishida nuqsoni
bo‘lgan bolalar ijtimoiylashuvi, ijtimoiy adaptatsiyasi va reabilitatsi-
yasini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni o‘rganish, ular-
dagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha ertaroq tashxis
qo‘yib, bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish
usullarini belgilash va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Bola rivojlanishidagi nuqsonlar har xil bo‘ladi, ularning ba’zi-
lari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, korreksi-
yalanadi, bilinmaydigan holga keltiriladi, boshqalari esa kompensat-
siyalanadi. Masalan, bola nutqida og‘ir nuqson bo‘lsa, ilk yoshda
to‘g‘ri tashkil etilgan logopedik chora-tadbirlar ta’sirida uni to‘liq
bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson markaziy nerv sistemasidagi
organik kamchiliklar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa (masalan, aqli
zaiflik shunday nuqson jumlasiga kiradi), uni to‘liq bartaraf etib bo‘l-
masa ham, biroq kamaytirish, ko‘zga ko‘rinmaydigan, sezilmaydigan
darajagacha tuzatish mumkin. Maxsus pedagogika amaliyotida yana
shunday toifadagi alohida yordamga muhtoj bolalar kuzatiladiki,
6
ulardagi nuqsonni tuzatib ham, korreksiyalab ham bo‘lmaydi,
masalan, tug‘ma ko‘rlik yoki karlikning ayrim turlari shular jumla-
sidandir. Bunda ko‘rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga,
eshitish analizatorining vazifasini esa ko‘rish analizatoriga yuklash,
ya’ni kompensatsiyalash, o‘rnini bosish mumkin. Ko‘rish qobiliyati
zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl
shriftidan foydalanadilar. Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi bilan
belgilanadi. Eshitish qobiliyatida muammosi bo‘lgan bolalar esa imo-
ishora, daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan anglatiladigan
nutqdan foydalanishlari mumkin.
Korreksion pedagogika fanining rivojlanishi natijasida undan
quyidagi tarmoqlari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi:
– surdopedagogika (lotincha surdus – kar, gung so‘zidan olingan)
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan shu-
g‘ullanadigan fan;
− tiflopedagogika (yunoncha tiflos – ko‘r, so‘qir so‘zidan olin-
gan) – ko‘zi ojiz bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shuqullanadigan
fan;
− oligofrenopedagogika (yunoncha oligos – kam, fren – aql),
so‘zlaridan olingan, – aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiya-
si bilan shug‘ullanadigan fan;
− logopediya (yunoncha logos – so‘z, padeo – tarbiya so‘zlari-
dan olingan) – og‘ir nuq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, bartaraf
etish yo‘llari, usullarini o‘rganadigan fan.
Respublikamizning barcha viloyatlarida zamon talablariga mu-
vofiq alohida yordamga muhtoj bolalarning differensial va integrat-
siyalashgan, inklyuziv ta’limi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha jadal
sura’tlar bilan rivojlanmoqda.
Butunjahon bolalariga xos bo‘lgan bolalar huquqi haqidagi
Konvensiya, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonu-
ni, “O‘zbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” kabi va bosh-
qa me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilishicha, barcha bolalar, shu jumla-
dan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor aloxida yor-
damga muxtoj bolalar ham mehnat qilish, ta’lim olish, hayotda o‘z
o‘rnini topib ketish huquqlariga egadirlar.
7
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘qrisida”gi Qonunga rioya
etilishini ta’minlash uchun uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yuri-
tuvchi barcha mutaxassislar alohida yordamga muhtoj kishilar haqida
tushunchaga ega bo‘lib, ularga ta’lim-tarbiya jarayonida qulay shart-
sharoitlar yaratib, kerak bo‘lsa, individuallashgan dasturlar asosida
integratsiyalashgan inklyuziv sharoitda me’yorda rivojlangan
tengdoshlari orasida hamma qatori ta’lim olish imkoniyatlarini yoki
maxsus muassasalarda ta’lim olishiga yordam berishi zarur. Buning
uchun har bir pedagog korreksion pedagogika fanining asoslarini
egallagan bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |