115
yuqori qismida qolgan simob bo‘lagi pastga tushib qo‘shiladi. Tibbiyot
termometrining o‘lchash chegarasi 35 dan 42°C gacha bo‘ladi. Sog‘lom
odamning temperaturasi ~36,6°C bo‘ladi. Tana temperaturasining bun-
dan chetlashishi kasallikdan darak beradi. Uy hayvonlari – qo‘y, sigir,
ot, quyon
larning temperaturasi 38–40°C, qushlarniki 41–42°C atrofi da
bo‘ladi.
Modda temperaturasining quyi yoki yuqori chegarasi bormi? Yerda
tabiiy sharoitda Antarktikada minus 88°C temperatura qayd etilgan
(1960-y. ilmiy stansiyada). Sun’iy ravishda esa minus 273, 149°C
maxsus laboratoriyalarda hosil qilingan. Hisob-kitoblarga qaraganda
temperaturaning quyi chegarasi minus 273,15°C ga teng. Uy sharoitida
biz qanday temperaturalar bilan ish ko‘ramiz? Suv 100°C da qaynaydi.
Uni qaynatish uchun ishlatilgan tabiiy gaz alangasida temperatura 1500–
1800°C ga boradi. Cho‘g‘lanma elektr lampochkasidagi temperatura
2500°C atrofi da bo‘ladi. Avtomobil dvigatelida yoqilgan yonilg‘i hosil
qilgan temperatura ~1700°C bo‘lsa, elektr payvandlashda 7000°C gacha
boradi. Yuqori chegara qayd qilingan emas.
1. Agar havoning temperaturasi odam tanasining temperaturasidan yuqori
bo‘lsa, tibbiyot termometri vositasida bemor temperaturasini qanday o‘l-
chash mumkin?
2. Termometr naychasining diametri kichraytirilsa, termometr ko‘rsatishining
aniqlik darajasi qanday o‘zgaradi?
3. Tibbiyot termometrini qanday suvda yuvish kerak? Sovuq suvdami yoki issiq
suvdami?
Dostları ilə paylaş: