Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


-MAVZU TEMPERATURA. TERMOMETRLAR



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

38-MAVZU
TEMPERATURA. TERMOMETRLAR. 
JISMNING TEMPERATURASINI O‘LCHASH
Oldingi mavzularda xona isidi, jism sovudi kabi iboralarni ishlatdik. 
Ularda, biz o‘z sezgilarimizga tayangan holda, shu xulosalarni ber-
gan edik. Lekin bizning sezgilarimiz har doim ham to‘g‘ri xulosa 
chiqarishimizga imkoniyat beradimi? Buni tekshirish uchun stol ustiga 
uchta stakan qo‘yaylik. Birida issiq, ikkinchisida iliq, uchinchisida sovuq 
suv bo‘lsin. Dastlab, chap qo‘limizdagi barmoqlardan birini sovuq suvga, 
o‘ng qo‘limizdagi barmoqlardan birini issiq suvga biroz muddat solib 
turaylik. So‘ngra ikkala barmoqni iliq suvli stakanga solaylik. Shunda 
chap barmog‘imizga suv issiq, o‘ng qo‘limizdagi barmog‘imizga suv 
sovuq bo‘lib tuyuladi. Faqatgina maxsus o‘lchov asbobi ixtiro qilingandan 
so‘nggina temperaturani obyektiv aniqlash mumkin bo‘ldi. Temperaturani 
o‘lchaydigan asbobga termometr deyiladi. Uning ixtirochisi Galiley 
hisoblanadi. Sizning salomatligingizni vrach tekshirganda tempe-
raturangizni o‘lchagan termometrni ko‘rgansiz. Albatta, hozirgi termometr 
Galiley ixtiro qilgan termo metr (termoskop)dan farq qiladi. Termometrlarda 
moddalarning issiqlikdan kengayishi xossasidan foydalaniladi. Galiley 
termometrida havoning kengayishi 
dan foydalanilgan edi (84-rasm). 
Keyinchalik fransiyalik olim Rey 1631-yil da suvli termometrni yasaydi. 
Hozirgi kunda ishlatiladigan termometrlarda asosan simob va spirt ishlati-
Temperatura. Termometrlar. Jismning temperaturasini o‘lchash


IV bob. Issiqlik hodisalari
114
114
84-rasm. 
85-rasm. 
86-rasm.
ladi. Ulardan biri rasmda keltirilgan (85-rasm). Isitilganda naychadagi 
modda kengayib, yuqoriga ko‘tariladi, sovuganda torayib, pastga tushadi. 
Bu termometrlarning ko‘rsatishi graduslarda ifodalanadi. Shved olimi 
A. Selsiy (1701–1744) tempera turani o‘lchashda hisob boshi bo‘lgan 0 (nol) 
uchun eriyotgan muz temperaturasini oladi (86-a rasm). Normal atmosfera 
bosimida qay nayotgan toza suv temperaturasini 100 gradus deb qabul 
qilinadi (86-b rasm). Ular oralig‘ini 100 bo‘lakka bo‘lib, bir bo‘lagini 1°C 
deb qabul qilinadi. Xonadagi yoki idishdagi suyuqlik temperaturasini 
o‘lchash uchun termometrni o‘lchana 
yotgan muhitda biror muddat 
ushlab turish kerak. Shunda termometrdagi suyuqlik temperaturasi 
muhit temperaturasiga tenglashadi. Idishdagi suvning temperaturasini 
termometrni suvdan chiqarmasdan ko‘rish kerak. Aks holda, termometr 
suvdan olinishi bilanoq uning ko‘rsatishi o‘zgarib ketadi.
Bemorning temperaturasini o‘lchaydigan tibbiyot termometri 
bunday kamchilikdan xoli. Vrach termometrni bemordan olib, bema-
lol ko‘rishi mumkin. Chunki undagi simob ustuni pastga tushib ket-
maydi. Bunga erishish uchun termometr naychasining quyi qismi 
ingichka qilib yasaladi. Bunda isigan simob ustuni bemalol ko‘tarilsa-
da, soviganda ingichkalashgan joyda simob ustunchasi uzilib qoladi. 
Termometr ko‘rsatishi aniqlab olingandan so‘ng, uni silkitiladi. Shunda 


115
yuqori qismida qolgan simob bo‘lagi pastga tushib qo‘shiladi. Tibbiyot 
termometrining o‘lchash chegarasi 35 dan 42°C gacha bo‘ladi. Sog‘lom 
odamning temperaturasi ~36,6°C bo‘ladi. Tana temperaturasining bun-
dan chetlashishi kasallikdan darak beradi. Uy hayvonlari – qo‘y, sigir, 
ot, quyon 
larning temperaturasi 38–40°C, qushlarniki 41–42°C atrofi da 
bo‘ladi.
Modda temperaturasining quyi yoki yuqori chegarasi bormi? Yerda 
tabiiy sharoitda Antarktikada minus 88°C temperatura qayd etilgan 
(1960-y. ilmiy stansiyada). Sun’iy ravishda esa minus 273, 149°C 
maxsus laboratoriyalarda hosil qilingan. Hisob-kitoblarga qaraganda 
temperaturaning quyi chegarasi minus 273,15°C ga teng. Uy sharoitida 
biz qanday temperaturalar bilan ish ko‘ramiz? Suv 100°C da qaynaydi. 
Uni qaynatish uchun ishlatilgan tabiiy gaz alangasida temperatura 1500–
1800°C ga boradi. Cho‘g‘lanma elektr lampochkasidagi temperatura 
2500°C atrofi da bo‘ladi. Avtomobil dvigatelida yoqilgan yonilg‘i hosil 
qilgan temperatura ~1700°C bo‘lsa, elektr payvandlashda 7000°C gacha 
boradi. Yuqori chegara qayd qilingan emas.
1. Agar havoning temperaturasi odam tanasining temperaturasidan yuqori 
bo‘lsa, tibbiyot termometri vositasida bemor temperaturasini qanday o‘l-
chash mumkin?
2. Termometr naychasining diametri kichraytirilsa, termometr ko‘rsatishining 
aniqlik darajasi qanday o‘zgaradi?
3. Tibbiyot termometrini qanday suvda yuvish kerak? Sovuq suvdami yoki issiq 
suvdami?

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin