1. Kosmik astrofizik tekshirishlarning xususiyatlari. Kosmik nurlar astrofizikasi



Yüklə 251,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix20.06.2022
ölçüsü251,18 Kb.
#61893
1   2   3   4   5
1-ma'ruza matni

 
4. Rentgen va gamma astronomiya. 


Osmon yoritkichlarida rentgen va eng chetki UB nurlanish ozod elektronni zaryadlangan og’ir 
yadrolar yaqinidan o’tganda tormozlanishi hamda, tez elektronlarni tashqi magnit maydonlarda 
tormozlanishi natijasida hosil bo’ladi. Bu nurlanish tutash spektrga ega
Ozod elektronni zaryadlangan atom yadrosi bilan o’zaro ta’siri ehtimoli juda katta, shuning 
uchun bu jarayon qattiq rentgen va chetki UB fotonlari hosil qiluvchi asosiy jarayon hisoblanadi. 
Tormozlangan elektronning tormozlanish energiyasi uning yadroga yaqinlanish masofasiga mos 
(100 keV gacha) energiyali rentgen foton sifatida nurlanadi. Bunday rentgen nurlanish issiqlik 
nurlanish singari tutash spektrga ega bo’ladi, biroq u optik yupqa qatlamdan sochilgani uchun 
kuchli bo’lmaydi. Shuningdek, tez elektronlarni magnit maydonda tormozlanishi, past energiyali 
(mas. yorug’lik) fotonlarni relyativistik elektronlarda komptoncha sochilishi natijasida ham 
rentgen fotonlar hosil bo’lishi mumkin. Bunday jarayorlarda hosil bo’lgan rentgen nurlanish 
noissiqlik tabiatga ega. 
Elektronni og’ir atomlar yadrosiga eng yaqin elektron qobiqqa (K-qobiq) tushishi natijasida 
chiziqli rentgen spektr hosil bo’ladi va uning energiyasi taxminan element atomi yadrosining 
tartibiy nomeri kvadratiga proporsional bo’ladi. Masalan, kislorod atomida elektronni K qobiqqa 
tushishi 500 eV li, temir atomida shunday jarayon 6.4 keV li foton beradi. Bunday jarayonlar
masalan, Quyoshning toj qatlamlari sharoitlarida ro’y beradi. Quyosh tojining eng chetki UB 
spektrida Fe X, Fe XII, Fe XIV, He II ionlarning, rentgen spektrida temirning vodorodsimon 
ionining (Fe XXVI) kuchli emission chiziqlari kuzatiladi.
Gamma nurlanish rentgen nurlanishning tabiiy davomi bo’lib, gamma kvantlar hosil 
bo’lishining birnecha mexanizmlari bor. Avvalo, yulduzlararo muhitda gaz atomlarini yuqori 
energiyali protonlar bilan to’qnashishi natijasida ular yadrolarini uyg’ongan holatga o’tishi bilan 
bog’liq jarayonlar gamma kvant hosil bo’lishiga sababchi bo’lishi mumkin. Bu jarayonlar yadroni 
normal holatga qaytishi va energiyasi 10 Mev (megaelektronvolt) dan oshmaydigan gamma 
kvantlarni chiqarishiga sababchi bo’ladi. Elektron va pozitron to’qnashuvida energiyasi 0,5 Mev 
bo’lgan ikkita gamma kvant hosil bo’ladi. Kosmik nurlar yulduzlararo muhitdagi atom yadrolari 
bilan to’qnashganda 

mezonlar hosil bo’ladilar. Biroq 

mezonlar shu daqiqadayoq energiyasi 50 
Mev dan ortik ikkita gamma kvantga ajraladi. Shuningdek, yuqori energiyali elektronlarni 
zaryadlangan zarralar bilan to’qnashishi, kuchli magnit maydonlarda ionlarni tormozlanishi 
natijasida ham gamma kvantlar hosil bo’ladi.
Gamma kvantlarning to’lqin uzunligi < 0.01 nm, energiyasi esa, 0.12 MeV dan katta. Gamma-
nurlanish shartli ravishda to’rtta diapazonga bo’linadi: yumshoq gamma kvantlar (0.1 dan 10 MeV 
gacha), jadal (10 MeV dan 1 GeV (gigaelektronvolst) gacha), qattiq (1 – 100 GeV) va o’taqattiq 
(100 GeV dan katta). Energiyasi taxminan 10
15
eV (yuz ming GeV) bo’lgan kosmik gamma 
kvantlar qabul qilingan. Eng quvvatli tezlatgichlarda energiyasi 100 GeV gamma kvantlar olingan. 
Shunday qilib, rentgen va gamma kvantlar kosmik fazodagi noissiqlik xususiyatga ega 
bo’lgan jarayonlarda hosil bo’ladilar va ularni tekshirish bu jarayonlar tabiatini o’rganishga imkon 
beradi.
Rentgen va gamma nurlar Yer atmosferasida yutiladilar va shuning uchun ular Yer yuziga 
yetib kelmaydi. Bu nurlarni yig’ish, o’lchash va qayd qilish uchun teleskop va o’lchash asbobini 
Yer atmosferasidan tashqariga chiqarish kerak. Rentgen va gamma nurlarni yig’uvchi va qayd 
qiluvchi asbob mos ravishda rentgen va gamma teleskop deb ataladi. Rentgen nurlar X-nurlar 
deb ham yuritiladi. 
a) Rentgen teleskop. Dastlabki rentgen teleskop rentgen fotonlarni gazga ta’siri natijasida 
hosil bo’ladigan ion va elektronlarni sanashga asoslangan va u Geyger sanoqchisiga o’xshash 
bo’lgan. U maxsus tanlangan gaz, masalan, argon to’ldirilgan Geyger sanoqchisi bo’lib, uning nur 
tushadigan tuynugiga berilliydan yasalgan, o’n mikron qalinlikdagi folga (yupqa shiqildoq 
qog’ozga o’xshash) tortiladi. Bunday sanoqchi 1,5-6 Kev energiyali (

=0.2-0.8 nm) kvantlarni 
qayd qilaoladi. Bunday sanoqchilardan ikki xili (ular har xil diapazonlarda sanaydi) hozir orbitada 
uchib yurgan GOYeS-9 nomli Yer yo’ldoshiga o’rnatilgan va ular Quyoshdan kelayotgan rentgen 
nurlanishni (rentgenda chaqnashlarni) qayd qiladi. Bu yo’ldoshga Quyoshdan kelayotgan 
elektronlar va protonlar oqimi quvvatini o’lchaydigan asboblar ham o’rnatilgan. Ular keng 


diapazonda (1000 Mev gacha) protonlar oqimini o’lchashga imkon beradi. Yuqori energetik 
ajrataolish qobiliyatga ega bu asboblar past burchakiy ajrataolish kuchga ega, ya’ni ular Quyosh 
yuzidagi rentgen va gamma nurlanish oqimi manbalarini ajrataolmaydilar va butun Quyosh 
yuzidan kelayotgan oqimni bitta manbadan kelayotgan oqim sifatida o’lchaydilar. 
Tasvir hosil qiluvchi rentgen teleskop reflektor singari parabolik va giperbolik ko’zgulardan 
iborat bo’ladi. Ma’lumki, ko’zguga tik tushayotgan rentgen nurlari undan aks qaytmaydi. Biroq, 
agar rentgen nurlar ko’zgu yuziga kichik burchak ostida (ko’zgu yuziga urinma shaklda) tushsalar 
ular undan shunday burchakka aks qaytadilar. Rentgen teleskop ikkita har xil egrilik radiusiga ega 
(biri parabolik ikkinchisi giperbolik) xalqasimon ko’zgulardan iborat bo’ladi (9.3-rasm).
9.3-rasm. Rentgen teleskopda nurlarning yo’nalishi. 
Ularning bir ikkinchisi ichiga simmetrik ravishda shunday joylashtiriladiki, ulardan birin-
ketin aks qaytgan (suv yuziga qiya otilgan pulakcha tosh singari) parallel nurlar teleskopning fokal 
tekisligida kesishadilar va yoritkich (mas. Quyosh) ning tasvirini hosil qiladi. Ko’zgular oldiga 
xalqasimon teshikli to’sik va nur saralagich (filtr) qo’yiladi. Qalinligi 13 mkm bo’lgan berilliy 
folga 0.35 nm dan to 1.4 nm gacha bo’lgan, lavsan plyonka esa 4.4 – 6.0 nm diapazondagi 
to’lqinlarni o’tkazadi. Berilliy folga orqali olingan tasvir qattiq, lavsan (selyuloza) plyonka orqali 
olingan tasvir esa, yumshoq rentgen tasvir deb ataladi.
Quyoshning rentgen tasviri SKYLAB (1973- yil) va YOHKOH (1991 - 2001 - yillar), 
HINODE (2006 yil) nomli Yer yo’ldoshlariga o’rnatilgan rentgen teleskoplar yordamida olingan 
va olinmoqda. Quyoshning tasviri SSD kamera yordamida qattiq va yumshoq X-nurlarda olinadi. 
SKYLAB, YOHKOH olgan tasvirlarda harbir piko’l (matrisa elementi) ga 5

, HINODE da olingan 
tasvirda - 1

yoy sekundi to’g’ri keladi.
Agar rentgen kvant sanoqchilari oldiga ko’plab ingichka naychalar dastasini yoki bir-biridan 
ma’lum masofada joylashtirilgan ikkita sim to’rlarni o’rnatsak, bu qurilmalar ham teleskop 
vazifasini bajarishi mumkin. Bunday qurilma naychali va sim to’rli kollimator deb ataladi va 
kamera-obeskur singari rentgen tasvir hosil qiladi va rentgen manbalarni osmonda o’rnini 
aniqlashda qo’llaniladi. Bunday qurilmaning ajrataolishi bir burchak gradusdan oshmaydi. 
Kuchli kosmik rentgen manbalarining spektri kristallik breg spektrometr yordamida olinadi. 
Bu spektrometr diffraksiyalovchi kristalldan (mas., ftorlangan litiy) va geyger sanoqchisidan, 
kristallni aylantiruvchi va detektorni, ya’ni priyomnikni, yurgizuvchi mexanizmlardan iborat 
bo’ladi. Bu asbobning kirish teshigi oldiga tanlangan nur saralagich qo’yiladi. Ftorlangan litiy 
kristali 0.13 – 0.31 nm diapazondagi spektrni 0,001 nm spektral ajralish bilan olishga imkon 
beradi.
Baland uchar raketalar va Yerning suniy yo’ldoshlariga o’rnatilgan rentgen teleskoplar 
yordamida birnecha ming rentgen nur manbalari topilgan. Bular orasida har xil tipdagi chaqnovchi 
o’zgaruvchan yulduzlar, oq karliklar, rentgen pulsarlar, chaqnovchi rentgen manbalar (basterlar) 
va o’tayangi yulduzlar qoldiqlari bor. Ayrim rentgen manbalar Galaktikadan tashqarida joylashgan 
(mas. rentgen kvazarlar). Yerning suniy yo’ldoshlari UXURU, Eynshteyn nomidagi 
ob’servatoriya, XEAO-2, OSO-7-8, Astron, orbital stansiyalar Salyut-4-7 va boshqalarga 
o’rnatilgan rentgen teleskoplar yaxshi natijalar berdi. 
Rentgen manbalar yulduz turkumi belgisidan keyin X harfi va tartibiy raqam qo’yish bilan 
belgilanadi. Masalan, CygX-1 yoki CygX-2, ya’ni Oqqush yulduz turkumidagi birinchi va 
ikkinchi rentgen manba. 


b) Gamma teleskop. Gamma teleskop yuqori energiyali (10
5
ev dan 10
16
ev gacha) gamma 
(

) kvantlarni o’lchashga mo’ljallangan va gamma kvant modda bilan to’qnashganda hosil 
bo’ladigan «elektron + pozitron» juftligini qayd qilishga asoslangan bo’ladi. Gamma teleskop ham 
Geyger sanoqchisi singari ishlaydi va unda zaryadlangan zarralar ta’sirida hosil bo’ladigan boshqa 
jarayonlar qayd qilinadi. Shuning uchun gamma kvantlarni kosmik nurlar (zaryadlangan zarralar) 
dan ajratish kerak bo’ladi. Chunki zarralar oqimi gamma kvantlar oqimidan 10
3
-10
4
marta kuchli 
bo’ladi va ularni ajratish zarur.
Gamma «teleskop» ning sxemasi 6.4-rasmda keltirilgan. Bunda biz teleskop so’zini ko’sh 
tirnok ichiga oldik, chunki bu «teleskop» gamma kvantlarni yigmaydi, balki, uning sirtiga 
tushayotgan bunday kvantlarni kosmik nurlar ichidan topadi va uni gamma detektor deb atalsa 
to’g’ri bo’lardi. Gamma kvant qo’rg’oshin konvertor (almashtirgich) dan yoki ko’p qatlamli 
kristalldan o’tayotganda energiyasining bir qismini elektronlarga beradi (natijada kompton 
sochilishi ro’y beradi) yoki konvertorda yutiladi va «elektron + pozitron» juftligi hosil bo’ladi.
Bu zarralarni endi qayd qilish mumkin. Bu maqsadda uch xil detektor (qayd qiluvchi) 
qo’llaniladi: ssintilyasion va cherenkov sanoqchilari, chaqnash kamerasi va atom yadrolarini qayd 
qiluvchi maxsus fotoemulsiya (6.4-rasm). Bu detektorlar tashqi qalpoq ssintilyasion sanoqchi 
ichiga o’rnatiladilar. Bu qalpoq sanoqchi zarralar hosil qilgan chakmoqlarni sanaydi va u keyin 
barcha chaqnashlar sonidan olib tashlanadi. Gamma kvantlar qalpoqdan o’zgarishsiz o’tadilar va 
konvertorga tushadilar. Unda gamma kvant «elektron+pozitron» juftligi hosil qiladi. Hosil bo’lgan 
bu zarralar gamma kvant tarqalishi yo’nalishida 

=m
e

c
2
/

( bu yerda m
e
- elektron massasi, 


gamma kvant energiyasi, s-Yorug’lik tezligi) burchakli konus ichida tarqaladilar. Agar zarra
moddada yorug’likning fazoviy tezligi (s/n, s - yorug’lik tezligi, n-muhitni sindirish koeffisiyenti) 
dan katta tezlikda harakat kilsa, u cherenkov (kashf etgan rus olimi Cherenkov nomiga qo’yilgan) 
nurlanishi sochadi. Bu nurlanish zarra yo’nalishida 


Yüklə 251,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin