Mexanika uchta: kinematika, dinamika, va statika bo’limlaridan iborat.
1. Kinematika – jismlarning harakat qonunlarini, bu harakatni vujudga
keltiruvchi sabablarni e’tiborga olmay o’rganadi.
2. Dinamika -
jismlarning harakat qonunlarini, bu harakatni vujudga
keltiruvchi va o’zgartiruvchi sabablar bilan birgalikda o’rganadi.
3. Statika – jismlar sistemasining muvozanat qonunlarini o’rganadi va
fizikada dinamika qonunlari bilan birgalikda ko’riladi.
KINEMATIKA
Harakatning nisbiyligi: Barcha jismlarning harakati nisbiy bo‘lib, ularning
tinch turishi ham nisbiydir.
Sanoq jism: Jismning harakati yoki tinch holati qaysi jismga nisbatan
kuzatilayotgan bo‘lsa, o‘sha jism sanoq jism deb ataladi.
Sanoq sistemasi: Sanoq jism, unga bog‘liq koordinatalar sistemasi va shu
harakatning vaqt sanog‘i birgalikda sanoq sistemasini tashkil etadi.
FAZO VA VAQT Fazoni uch o„lchamli koordinatalarda tasvirlash: Fazoning asosiy xossalari: haqiqatan ham,
mavjudligi, matеriya bilan ajralmasligi
(olamda fazo bilan bog‘lanmagan bitta ham
obyekt yo‘q), chеksizligi, uch o‘lchamliligi
(barcha fizik obyеktlarning bo‘yi, eni va
balandligi mavjud).
Vaqtni bir o„lchamli koordinatalarda tasvirlash: Vaqt hodisalarning kеtma-kеt o‘zgarish
tartibini va jarayonlarning davomiyligini
ifodalaydigan fizik kattalikdir. Vaqt xalqaro
birliklar sistemasi (XBS)da sekundlarda
o‘lchanadi.
Organilayotgan jism harakati, undan soddaroq bo’lgan fizik model sifatida
tanlab olingan jism harakati bilan solishtirish yordamida o’rganiladi.
Muayyan sharoitda o‘lchami va shakli hisobga olinmasa ham bo‘ladigan
jism moddiy nuqta deb ataladi.
Trayektoriya: Moddiy nuqtaning o‘z
harakati davomida bosib o‘tgan nuqtalarini
birlashtiruvchi chiziq harakat trayektoriyasi deb ataladi.