Fizik qonun - hodisalarni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi miqdoriy
bog‘lanishdan iborat bo‘lgan ifodaga aytiladi.
Kuzatish - sodir bo‘layotgan hodisaga ta’sir ko‘rsatmasdan, uning
xususiyatini o‘rganishga aytiladi.
Fizik bilimlarning manbai kuzatishlar va tajriba o‘tkazishlardan iborat.
Fizik bilimlar quyidagi ketma-ketlikda bajarilgan ishlar orqali hosil qilinadi:
kuzatishlar → gipoteza → eksperiment → xulosa. Tajribalar o‘tkazishda va kuzatishlar olib borishda, o‘lchash ishlarini bajarish
uchun o‘lchov asboblaridan foydalaniladi.
MEXANIK HARAKAT HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
Mexanika so’zi- yunonchadan olingan bo’lib, mashina haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi.
Mexanikaning asosiy vazifasi - jismlarning harakat tezligi jism massasi va
unga ta’sir etuvchi kuchlarga bog’liqligini, shuningdek, istalgan vaqtdagi
vaziyatini aniqlashdan iborat.
Jismning mexanik harakati deb,jismlarning, yoki jism qismlarining bir-
biriga nisbatan fazodagi vaziyatining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishiga aytiladi.
Fizikaning, mexanik harakat qonunlari hamda bu harakatni vujudga
keltiruvchi va o’zgartiruvchi sabablarini o’rganuvchi bolimi mexanika deyiladi.
Mexanika – o’rganilayotgan jismlarning o’lchamlari va tezliklariga qarab
klassik, relyativistik va kvant mexanikalariga ajraladi.
Klassik mexanika – tezliklari yorug’likning bo’shliqdagi tezligidan juda
kichik bo’lgan makrojismlarning harakat qonunlarini o’rganadi (Galiley, N’yuton).
Relyarivistik mexanika - yorug’likning bo’shliqdagi tezligiga yaqin
bo’lgan tezliklar bilan harakatlanuvchi jismlarning harakat qonunlarini o’rganadi
(Eynshteyin).
Kvant mexanikasi – mikrojismlarning (atomlar va elementar zarralarning) harakat
qonunlari o‘rganiladi.